Partiya tashabbusi bilan 30 nafar ehtiyojmand xotin-qizlar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

13.09.2022, 16:04

Partiya tashabbusi bilan 30 nafar ehtiyojmand xotin-qizlar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

O’zLiDeP Uchqo‘rqon tuman Kengashi tomonidan “Sog‘lom oila mustahkam oila” loihasi doirasida uchrashuv tashkil etildi.

Davra suhbatini o‘tkazishdan asosiy maqsad xotin-qizlarning tibbiy savodxonligini oshirish, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish, sog‘lom millat genofondini asrashga ko‘maklashish, har tomonlama sog‘lom avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish va yuqori bosqichga ko‘tarish, ularninng ijtimoiy-siyosiy va tibbiy madaniyatini yuksaltirishdan iboratdir.

Tadbir davomida “Temir daftar”, “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turgan 30dan ortiq xotin-qizlar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, terapevt, pediatr, kardiolog va boshqa yo‘nalishdagi malakali shifokorlar  ko‘rigidan o‘tishdi.

Tibbiy ko‘rik davomida tuman deputati F.G’ofurova tomonidan taqdim etilgan 120 xil dori darmonlar, 200 taga yaqin oq ko‘zoynaklar davolanayotgan bemorlarga hamda ko‘rikdan o‘tayotgan xotin-qizlarga bepul tarzda tarqatildi.

Uchrashuv so‘ngida 12 nafar soha vakillari partiya safiga qo‘shilish istagini bildirganligi sababli ulardan ariza olinib partiya safiga qabul qilindi, yangi BPT tashkil etilishiga erishildi.

  • Ko'rildi
    239
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+