O'zLiDeP “Yoshlar qanoti” faollari parlament faoliyati bilan yaqindan tanishdilar

15.09.2022, 16:08

O'zLiDeP “Yoshlar qanoti” faollari parlament faoliyati bilan yaqindan tanishdilar

O'zLiDeP Toshkent shahar Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalari bilan ishlash bo‘limi hamda O'zLiDeP Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi tashabbusi bilan tumandagi “Yoshlar qanoti” faollari Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga tashrif buyurishdi.

Mazkur tadbirni o‘tkazishdan maqsad — yoshlarni Qonunchilik palatasi faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, ularning qonun loyihalari ustida ishlay olish, o‘z fikrlari va takliflarini ifoda etish qobiliyatlarini shakllantirish, eng muhimi bu kabi uchrashuvlar orqali yoshlar orasidan bo‘lajak deputatlarni tayyorlashdan iborat.

Ta’kidlanganidek, bugungi kunda yurtimizda yoshlarga oid 40 dan ortiq qonunlar qabul qilinib, 30 dan ortiq xalqaro huquqiy hujjatlar ratifikatsiya qilingan. Ularning sifatli ijrosi ustidan muntazam ta’sirchan parlament nazorati o‘rnatilgan. O’zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish, yosh avlodni har tomonlama yetuk va barkamol shaxslar sifatida tarbiyalash mamlakat rivoji uchun muhim omildir.

Tadbirda yoshlarga qonun ijodkorligi, qonun loyihalarini qo‘mita va fraksiyalarda ko‘rib chiqish tartibi, yoshlarning siyosiy faolligini oshirish va ularning qonun ijodkorligi jarayoniga keng jalb etish maqsadida tashkil etilgan Yoshlar parlamenti faoliyati haqida ma’lumotlar berildi. Yoshlar qanoti vakillari tomonidan imtiyozli kredit berish amaliyoti, subsidiyalar, mahallalarda yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish masalalari yuzasidan berilgan savollarga Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan to‘liq va atroflicha javob berildi. “Yoshlar Qanoti” vakillari O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi muzeyi hamda katta majlislar zali faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

  • Ko'rildi
    321
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+