“Yangi avlod kadrlari” loyihasi partiyaning kadrlar zahirasini shakllantirishga hissa qo‘shyapti

19.09.2022, 16:04

“Yangi avlod kadrlari” loyihasi partiyaning kadrlar zahirasini shakllantirishga hissa qo‘shyapti

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi tomonidan Iqtisodiyot va qurilish institutida yoshlarni mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish jarayoniga keng jalb etish, siyosiy jihatdan yetuk, yetarli bilim va malakaga ega bo‘lgan kadrlarni ishga qabul qilish uchun “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida tadbir tashkil etildi.

Unda partiya viloyat Kengashi xodimlari, Xalq deputatlari viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhlari a’zolari, “Yoshlar qanoti” faollari, oliy ta’lim muassasalarining 50 dan ziyod bitiruvchi bosqich talabalari ishtirok etdi.

Tadbirda globallashuv sharoitida va siyosiy partiyalar o‘rtasida raqobat kuchayib borayotgan bir davrda partiyaning markaziy, hududiy va tuman (shahar) Kengashlariga ishga qabul qilish uchun siyosiy jihatdan yetuk, kadrlarni tanlash hamda ularni joy-joyiga qo‘yish ishlarini yanada takomillashtirish, zamonaviy fikrlaydigan yosh kadrlarni partiyaning amaldagi va istiqbolli kadrlar zaxirasiga tavsiya etish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Tadbirda siyosiy jarayonlarga qiziqishi baland bo‘lgan 10 nafardan ortiq yoshlar istiqbolli kadrlar zaxirasiga olindi.

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    267
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+