“Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida yoshlarga yuksak e’tibor qaratilmoqda

19.09.2022, 17:21

“Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida yoshlarga yuksak e’tibor qaratilmoqda

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi tomonidan “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari bilan uzviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mazkur loyiha doirasida Namangan Muhandislik-Qurilish Institutida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda talabalarning ham mamlakatimizdagi yetakchi siyosiy kuch hisoblanmish O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi faoliyatiga katta qiziqish bilan qarashlari yaqqol ko‘zga tashlanib turdi.

O’zLiDeP Namangan viloyat Kengashi bo‘lim mudiri Eldorbek Jo‘rayev partiya Dasturi, unda yoshlarga berilgan imkoniyatlar, xususan, “Yangi avlod kadrlari” loyihasining mazmun-mohiyati haqida tushuncha berdi.

Ayniqsa, partiya tavsiyasi bilan dalat boshqaruvi idoralarida ishlayotgan tashabbuskor yoshlar,tadbirkorlar, deputatlar faoliyati haqidagi ma’lumotlar talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Muloqotda faol ishtirok etgan 78 nafardan ortiq talabalarning 3 nafari amaldagi va istiqbolli kadrlar zaxirasiga kiritilgan bo‘lsa, 15 nafardan ortiq talaba yoshlar partiya safiga qabul qilindi. Endilikda ular partiyaviy tadbirlarga keng jalb etilib, 2 nafar talaba yoshlarimiz stajirovkasi yo‘lga qo‘yiladigan bo‘ldi.

O’zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    172
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+