“Ustoz-shogird” an’anasi asosida 50 nafar xotin-qizlarni ishli qilgan tadbirkor ayol faoliyati bilan tanishildi

26.09.2022, 17:32

“Ustoz-shogird” an’anasi asosida 50 nafar xotin-qizlarni ishli qilgan tadbirkor ayol faoliyati bilan tanishildi

O’zLiDeP Ulug‘nor tuman Kengashi “Ayollar qanoti” guruhi tomonidan Do‘stlik massivida joylashgan “Baraka chevarlari” MChJda “Bunyodkor ayol” loyihasi doirasida “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini hal etish tizimini yanada takomillashtirish” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan O’zbekiston Respublikasining taraqqiyot strategiyasida 69-maqsadda Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlashga doir masalalar yuzasidan suhbatlar o‘tkazildi.

-Korxonamizda asosan trikotaj mahsulotlari ishlab chiqariladi. “Ustoz-shogird” an’anasi asosida 50 nafar xotin-qizlar ish bilan band qilingan, - deydi  partiya faoli, “Baraka chevarlari” MChJ  ish yurituvchisi Sayyoraxon Xoshimova. - Bundan tashqari, mahsulotlarimiz ichki bozordan tashqari Qozog‘iston va Rossiya davlatlariga eksport qilinmoqda. Yana 35 nafar ish o‘rnimiz bor. O’zLiDeP Ulug‘nor tuman Kengashi bilan birgalikda bu masalani hal etishga kelishib oldik.

Uchrashuv davomida O’zLiDeP safiga qo‘shilish maqsadi borligini bildirgan 10 nafar xotin-qiz partiya safiga qabul qilindi.

Irodaxon Tadjiboyeva,

O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    344
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+