Deputatlar maktab o‘quvchilarini xorijiy tillarni o‘rganishga faol targ‘ib etishmoqda

26.09.2022, 17:34

Deputatlar maktab o‘quvchilarini xorijiy tillarni o‘rganishga faol targ‘ib etishmoqda

Bugungi kunda xorijiy tillarni o‘rganishga qiziqish dunyo bo‘ylab keng tarqalmoqda. Biror bir xorijiy tilni o‘rganish odatiy me’yorga aylanib bormoqda. Shu sababli ham XXI asrda YuNYeSKO “Umrimiz davomida tillarni o‘rganaylik” degan shiorni o‘rtaga tashladi.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda ham xorijiy tillarni o‘rganishga davlat darajasida e’tibor qaratilmoqda. 2021 yil 19 mayda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan. Qaror ijrosi yuzasidan xorijiy tillarni o‘rgatishni ta’lim siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida rivojlantirish, ushbu yo‘nalishda ta’lim sifatini tubdan oshirish, sohaga malakali pedagoglarni jalb etish hamda aholining xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Bu borada Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatlari O.Babaxanov va G’.Babaxanovlar tomonidan saylov okrugi xududida joylashgan ta’lim muassasalarida o‘quvchi yoshlarni chet tillarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada orttirish va har tomonlama  qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.

Ayni shu maqsadda Namangan shahar 1-sonli Davlat ixtisoslashgan maktab internatida Xorijiy tillar kuni munosabati bilan amaliy tadbir tashkil etildi. Tadbirda o‘quvchilar tomonidan xorijiy tillarda she’r va matnlar o‘qilib, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Tadbir so‘nggida xorijiy tillarni o‘rganishga ishtiyoqi baland va iqtidorli bir guruh o‘quvchilarga deputatlarning esdalik sovg‘alari topshirildi.

  • Ko'rildi
    227
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+