Buxoro shahridagi “RUSHAN TEKS” MChJ huzurida O’zLiDeP quyi bo‘g‘ini ish boshladi

29.09.2022, 16:23

Buxoro shahridagi “RUSHAN TEKS” MChJ huzurida O’zLiDeP quyi bo‘g‘ini ish boshladi

Buxoro shahridagi “RUSHAN TEKS”  MChJda bugungi kunda ishlab kelayotgan 105 nafar ishchi xodimlarning 70 nafarini xotin-qizlar tashkil qiladi. Ishlovchilarning qolgan qismini esa yoshlar tashkil etadi. Tayyor mahsulotlardan ma’lum qismi xorijga jo‘natilyapti. Jumladan, Turkiya davlatiga shu kungacha 35 mln AQSh dollari miqdorida eksportbop mahsulot yuborilgan bo‘lib, ushbu jarayon bundan keyin ham davom ettiriladi.

Paxta xom ashyosini qayta ishlab kalava ip yigirish, undan esa bo‘z matosi tayyorlash ishlab chiqarish jarayonining asosini tashkil etadi. Kelgusida esa yangi uskunalar ishga tushirilgach matoga gul bosish ishlari ham boshlab yuboriladi. Tikuv sexi faoliyatini yo‘lga qo‘yish ham asosiy vazifalardan biridir. Vaqti-vaqti bilan korxonada madaniy tadbirlar va konsert dasturlarining tashkil etib kelinayotganligi, ishlab chiqarishda sifat ko‘rsatgichlari yuqori bo‘lishini ta’minlayapti.

Korxonada O’zLiDeP viloyat va Buxoro shahar Kengashlari mas’ullari Robiya Salixova, No‘mon Sa’dulloyev va Maxbuba Jo‘rayevalar ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda jami 15 kishidan iborat Shamshod Isoyev yetakchiligidagi partiya quyi bo‘g‘ini ham tashkil etilib, korxona rahbari Erdon To‘xtayevga BPT guvohnomasi topshirildi. Xududda partiyaviy targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishda a’zolikka yangi qabul qilingan maslakdoshlar bilan izchil faoliyat olib borishlariga ishonch bildirildi.

O’zLiDePning bugungi kundagi faoliyati bilan bog‘liq zarur ma’lumotlar berildi. Shu tariqa Buxoro shahar partiya tashkiloti a’zolari soni 9925 nafarga yetdi.

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    432
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+