«Charos Angor» korxonasi 18 kishini ish bilan ta’minladi

03.10.2022, 11:53

 «Charos Angor» korxonasi 18 kishini ish bilan ta’minladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O’zLiDeP Siyosiy Kengash Ijroiya qo‘mitasi raisi, O’zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Aktam Xaitov Angor tumanidagi “Sharq guli” mahallasida joylashgan “Charos Angor” korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Mazkur korxona 2016 yilda tashkil etilgan bo‘lib, unga Matluba Haydarova rahbarlik qilmoqda. Uning aytishicha, korxonani ishga tushishi uchun o‘z mablag‘idan tashqari yana tijorat bankidan 400 million so‘m kredit mablag‘i ham sarflangan.

Ha, tadbirkorlik qilish oson emas. Eng avvalo, yaxshi g‘oya, mablag‘ zarur bo‘lgan taqdirda ham, ishni ko‘zini bilgan odamgina uni yurgiza oladi. Matluba Haydarova ham shundaylardan. Bugun uning korxonasida  Xitoydan keltirilgan uskunalar yordamida sintefonli yumshoq ko‘rpa, yostiq hamda choyshab ishlab chiqarilayapti. Xomashyo Xitoy hamda Toshkentdan keltirilmoqda. Quvonarlisi, 18 nafar xotin-qiz shu korxonada mehnat qilib, o‘z rizqini terayapti, daromad topayapti.

A.Xaitov korxonani ko‘zdan kechirayotib, mahsulotlar sifatiga ham e’tibor qaratdi. Albatta, korxona faoliyatini kengaytirish bo‘yicha ham o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi.

O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    245
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+