Mahalla qoshida 55 nafar safdoshlarimizni birlashtirgan partiyaning quyi bo‘g‘ini tuzildi
05.10.2022, 15:58
O’zLiDeP Izboskan tuman Kengashi tarkibida 49 ta BPT bo‘lib, ularda 5500 nafar a’zolar birlashgan. Partiya quyi bo‘g‘inlari faoliyatini yanada kuchaytirish, ularda tashabbuskor, intiluvchan, fidoyi a’zolar safini kengaytirish, joylarda partiya dasturiy maqsad va vazifalarini targ‘ib qilishga qaratilgan ko‘plab tadbirlarni tashkil etishda partiya tuman Kengashi hamda BPTlar o‘rtasida mustahkam aloqa o‘rnatilgan. Buning natijasida O’zLiDeP Izboskan tuman Kengashidagi quyi bo‘g‘inlar hamda a’zolar soni sezilarli ravishda kengayib bormoqda.
Izboskan tumanidagi “Manguberdi” MFYda joylashgan 34-umumta’lim maktabida tashkil etilgan “O`zLiDeP bilan yuksak marralar sari” mavzusidagi targ‘ibot tadbiri ham fikrimizning yaqqol dalilidir. Mazkur tadbirda O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya Qo‘mitasi mas’ul xodimi Sardorbek Maripov, partiya viloyat Kengashi apparat rahbari X.Xasanxonov, partiya faollari, MFY raislari va muassasa pedagog xodimlari ishtirok etdilar.
Maktab pedagog xodimlari va mahalla faollari ishtirok etgan tadbirda so‘nggi yillarda mamlakatda amalga oshirilayotgan tub demokratik islohotlar, barcha sohalar qatorida xalq ta’limi tizimidagi yaratilayotgan sharoitlar va yangiliklar haqida ma’lumotlar berildi.
Targ‘ibot tadbiri yakunida tumandagi “Manguberdi” MFY qoshida 55 nafar safdoshlarimizni birlashtirgan partiyaning quyi bo‘g‘ini tuzildi. Partiyaga a’zolik va BPT guvohnomalari topshirildi.
O'xshash yangiliklar
-
Ta’lim sohasi vakillari partiya targ‘ibotida faol
09.04.2024, 20:15
-
“Bunyodkor tekstilda” quyi bo‘g‘in faoliyati jonlanmoqda
08.04.2024, 17:01
-
217 nafar partiya a’zosi bo‘lgan korxonadagi quyi bo‘g‘inning faoliyatiga baho berildi
05.04.2024, 12:57
-
Viloyat hokimi o‘rinbosarining hisoboti eshitildi
04.04.2024, 11:09
-
Buxorolik maslakdoshlarimiz safi tobora kengayib bormoqda
02.04.2024, 16:56
Fikringizni qoldiring