Yoshlar – Yangi O’zbekiston bunyodkorlaridir

05.10.2022, 16:53

Yoshlar – Yangi O’zbekiston bunyodkorlaridir

O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalari bilan ishlash bo‘limi tomonidan Jizzax Davlat Pedagogika Universitetida “Yoshlar – Yangi O’zbekiston bunyodkorlaridir!” deb nomlangan ochiq muloqot tashkil etildi.

Universitetning tarix fakultetida tashkil etilgan mazkur ochiq muloqotda partiya faollari, hamkor tashkilot vakillari hamda universitet professor o‘qituvchilari va talaba yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida talaba yoshlarga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 28 yanvardagi “2022 – 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonining mazmun-mohiyati  to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.

Qizg‘in bahs va munoazaralarga boy tarzda o‘tgan ochiq muloqot davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob olish imkoniga ega bo‘ldilar.

Shuningdek, ochiq muloqot davomida partiyaga kirish istagida bo‘lgan 5 nafar talaba yoshlar ro‘yxati shakllantirilib, ularga O`zLiDeP Jizzax  viloyat Kengashining estalik sovg‘alari topshirildi.

O`zLiDeP Jizzax  viloyat Kengashi

 Matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    197
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+