Jonli muloqotlar va amaliy tadbirlar

13.10.2022, 09:57

Jonli muloqotlar va amaliy tadbirlar

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi mas’ul xodimi Sevara Muslimova va Namangan viloyat Kengashi xodimlaridan tarkib topgan ishchi guruhlari tuman-shahar Kengashlari faoliyatini jonlantirish, boshlang‘ich tashkilotlar bilan ishlash tizimini yaxshilash, partiya a’zolari sonini ko‘paytirish maqsadida joylarga chiqib, o‘rganishlar, amaliy muloqotlar olib borishmokda.

Ishchi guruh Chortoq tumanida tadbirkorlar va fermerlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan islohotlar, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, yerdan unumli foydalanish haqida tavsiyalar berildi.

Fermer xo‘jaligi ishchilarining 35 nafari o‘z xoxishlariga binoan partiya safiga qabul qilindilar.

Yangiqo‘rg‘on tumanidagi "Tip-Top" sok ishlab chiqarish korxonasida tashkil etilgan targ‘ibot tadbiri ham qiziqarli va samarali kechdi.

Bu yerda meva-sabzavot yetishtirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar, klaster usulining afzalliklari  hakida so‘z yuritildi. Shu kunning o‘zida 25 nafar ishchi o‘z xohish va qiziqishlariga binoan partiya safiga  qabul qilindilar.

Namangan tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda fermerlar kengashida, Mingbuloq tumanidagi "Art-Soft xolding" MChJ hamda 2-viloyat sil kasalliklari shifoxonasi xodimlari bilan bo‘lib o‘tgan muloqot ham samarali bo‘ldi. Tadbirlar asnosida partiya safiga  yana 35 nafar a’zo qabul qilindi.

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    261
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+