Deputat saylovchilarga hisobot berdi
24.10.2022, 16:11
Xalq deputatlari Kegeyli tuman Kengashidagi O'zLiDeP deputatlik guruhi rahbari Bayram Iskenderov 5-sonli umumta’lim maktabida o‘z saylovchilari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda deputat o‘z saylovchilariga joriy yilning 9 oyi davomida olib borgan ishlari bo‘yicha hisobot berib o‘tdi.
Bundan tashqari mamlakatimizda keyingi yillari amalga oshirilayotgan ishlar, tadbirkorlikni rivojlantirish borasida qabul qilinayotgan qaror va farmonlar, ayniqsa O’zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 31 avgust kuni qabul kilingan farmonining ahamiyati, 6 ta yo‘nalish bo‘yicha belgilab berilgan ustuvor vazifalarning ahamiyatini o‘z saylovchilariga tushuntirib o‘tdi.
Joriy yilning 11 oktabr kuni davlatimiz rahbari raisligida mahallalarni obod qilish va “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan ustuvor vazifalar, “Tashabbusli budjet” loyihasini yanada kengaytirish, mahallalarni obod qilish yuzasidan joriy yilning 20 oktabr sanasidan 1 dekabrgacha "Dolzarb 40 kunlik" loyihasi doirasida qilinayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tildi va ushbu jarayonga aholi turg‘unlari ham faol ishtirok etishga da’vat qilindi.
Uchrashuv davomida sayyor qabul ham tashkil kilinib, aholini qiynab kelayotgan murojaatlar tinglandi.
O'zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Kengashi matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Qo‘rg‘ontepada qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan samarali foydalanish holati tahlil qilindi
26.01.2024, 16:23
-
Deputat ko‘magida aholi xonadonlariga ichimlik suvi yetib bormoqda
26.01.2024, 11:59
-
Deputatlik eshituvi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tdi
26.01.2024, 11:58
-
Boshqarma boshlig‘ining hisoboti eshitildi
25.01.2024, 15:34
-
Zominlik deputatlar tuman elektr tarmoqlari korxonasi rahbarining hisobotini eshitdilar
23.01.2024, 15:15
Fikringizni qoldiring