Deputatlar mahalladagi hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

28.10.2022, 16:04

Deputatlar mahalladagi hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasining Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish yo‘nalishi bo‘yicha Yunusobod tumanidagi “Sobirobod” MFYda “Yangi O’zbekistonning kelajak yoshlari: imkoniyat va huquqiy kafolat” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashidagi O'zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, yoshlar, mahallalarning hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari hamda partiya faollari ishtirok etishdi.

- Yoshlarni jismoniy va ma’naviy barkamol insonlar etib, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, huquqbuzarliklar va jinoyatchilikni oldini olish, yoshlarni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng jalb etish, ularni ish bilan ta’minlash jarayonlariga ko‘maklashish barchamiz uchun g‘oyat muhim vazifadir. Bu borada mas’uliyat bilan ushbu masalalarga alohida e’tibor qaratish lozim, - deydi O'zLiDeP Yunusobod tuman Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari, Ishchi guruhi rahbari o‘rinbosari Dilbar Zaynutdinova.

Tadbir so‘ngida bir qancha mahallaning yoshlar yetakchilari hamda hokim yordamchilari O`zLiDeP safiga qabul qilindilar va ularga partiya a’zolik guvohnomasi hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

  • Ko'rildi
    317
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+