Partiya vakillari qoraqalpog'istonlik talaba yoshlar bilan ochiq muloqot qildi

31.10.2022, 15:49

Partiya vakillari qoraqalpog'istonlik talaba yoshlar bilan ochiq muloqot qildi

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida “Deputat va yoshlar” uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O’zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati M.Ibragimov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi qo‘mitasi raisi Sh.O’temisov, O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi apparat rahbari K.Artikov, universitetning  professor o‘qituvchilari, talaba yoshlar va OAV vakillari ishtirok etdi. 

Uchrashuvda asosan mamlakatimizda keyingi yillari amalga oshirilayotgan tub islohotlar, ayniqsa har bir sohani isloh etish borasida olib borilayotgan ishlar, taraqqiyot strategiyasi asosida mamlakatimizda bo‘layotgan islohotlar, ta’lim sohasida yoshlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va imkoniyatlar, Qonunchilikdagi yangiliklar, partiya va fraksiya faoliyati, qabul qilinayotgan qaror va farmonlarning mazmun-mohiyati borasida ham atroflicha fikr almashildi.

Aktam Xaitov o‘z so‘zida mamlakatimizda keyingi yillari barcha sohalarda amalga oshirilayotgan tub islohotlar, ayniqsa yangi tahrirda qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyatini tushuntirib o‘tdi. Kodeksga ko‘ra, yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar va ular bilan bevosita bog‘liq ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning asosiy prinsiplari, davlat aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish bo‘yicha qo‘shimcha kafolatlarni ta’minlashi ko‘zda tutilmoqda.

Jumladan, mehnat erkinligi har kimning mehnat qilishga bo‘lgan o‘z qobiliyatlarini tasarruf etish, ularni qonun bilan taqiqlanmagan har qanday shaklda amalga oshirish, mashg‘ulot turini, kasbni va mutaxassislikni, ish joyini hamda mehnat sharoitlarini erkin tanlash huquqini anglatadi.

Uchrashuv davomida universitetning 150 nafar talaba yoshlari O’zLiDeP safiga a’zolikka qabul qilinib, 10 nafar talaba yoshlar kadrlar  zaxirasiga olindi. Uchrashuv davomida eng faol talaba yoshlarga Prezident kitoblari sovg‘a qilindi.

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    264
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+