Deputat tashabbusi: Chekka qishloqda "Ijtimoiy dorixona" ochiladigan bo‘ldi

07.11.2022, 17:43

Deputat tashabbusi: Chekka qishloqda

O'zLiDeP Qorako‘l tuman Kengashi raisi, Xalq deputatlari Qorako‘l tuman Kengashi deputati, tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Elyor Oltiyev tashabbusi bilan tumanning eng olis qishlog‘i Chandirobodda mahalla tibbiyot punktida hudud aholisi uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Tibbiy ko‘rikda 104 nafar fuqaro qatnashib, ularning 24 nafarida turli kasalliklar aniqlandi. Aniqlangan kasalliklarning aksariyati mazkur mahalla tibbiyot punktida, qolganlari esa tuman markaziy kasalxonasida sog‘lomlashtirish rejalashtirildi. Aholi orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi 100 ortiq eslatma va bukletlar tarqatilib, tushuntirish ishlari olib borildi.

Shuningdek, shu joyni o‘zida deputat tomonidan aholini tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha qiynayotgan masasalari yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi. Qabulda 12 nafar fuqarolar murojaati tinglanib, 11 nafarining (davolanish va dori-darmon masalalari) yuzasidan bildirgan murojaatlari joyida hal qilindi.

Fuqarolar tomonidan hududda dorixona yo‘qligi, aholi uzoqqa borishga majbur bo‘layotgani bildirildi va viloyat "Dori-darmon" MChJ tomonidan tibbiyot muassasasi ichida "Ijtimoiy dorixona" ochishga amaliy yordam beriladigan bo‘ldi.

  • Ko'rildi
    491
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+