Bayrog‘imiz – faxri g‘ururimiz

18.11.2022, 18:00

Bayrog‘imiz – faxri g‘ururimiz

Mamlakatimizning muqaddas ramzlaridan biri - O’zbekiston Respublikasi Bayrog‘i qabul qilingan sana munosabati bilan O`zLiDeP  Jizzax viloyat Kengashi tomonidan mahallalarda, korxona va tashkilotlarda, ta’lim muassasalarida turli xil tadbirlar, ochiq muloqotlar tashkil etilmoqda.

Shunday tadbirlarning biri -  O`zLiDeP viloyat Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalar bilan ishlash bo‘limi va partiya Yangiobod tuman Kengashi tashabbusi bilan Yangiobod Agro iqtisodiyot kasb-hunar maktabida tashkil etildi.

Partiya faollari, deputatlar, o‘qituvchi va o‘quvchilar ishtirok etgan tadbir davomida, Yarim oy va o‘n ikki yulduz aks etgan muzaffar bayrog‘imizning qabul qilinish jarayoni, unda aks etgan rang va tasvirlarning ma’no-mazmuni to‘g‘risida yig‘ilganlarga ma’lumot berib o‘tildi. Shuningdek, Bayrog‘imizni xalqaro maydonlarda baland ko‘tarayotgan yoshlar, bu bilan millatimiz, davlatimiz g‘ururini, sha’nini ulug‘layotganliklari, ular safidan o‘rin olishga intilish barcha yoshlarning burchi ekanligi alohida ta’kidlandi.

Tadbir davomida o‘quvchi yoshlar tomonidan Bayrog‘imizga bag‘ishlangan kuy-qo‘shiqlar, she’rlar ijro etildi.

Tadbir so‘ngida faol ishtirokchilarga O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashining estalik sovg‘alari topshirildi.

Sirojiddin Axmatov,

O`zLiDeP  Jizzax viloyat Kengashi

Yoshlar va biznes tuzilmalari bilan ishlash

bo‘limi rahbari.

  • Ko'rildi
    480
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+