Sirdaryolik talaba yoshlarning takliflari tinglandi

23.11.2022, 11:43

Sirdaryolik talaba yoshlarning takliflari tinglandi

O’zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi Guliston davlat universitetida "Yangi avlod kadrlari" loyihasi doirasida “Yangilanayotgan O’zbekiston uchun -yangi avlod kadrlari” mavzusida davra suhbati tashkil etdi.

Tadbirda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi yetakchi maslahatchisi H.Sulaymonbekova, O'zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi tashkiliy-partiyaviy va istiqbolli kadrlar bilan ishlash bo‘limi mudiri K.Burxanov, viloyat Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalar bilan ishlash bo‘limi mudiri H.Jabborov, Guliston davlat universiteti professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Mazkur uchrashuvdan maqsad yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalashdan iborat.

Uchrashuv davomida Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “O’zbekiston – bag‘rikeng diyor”, “Vatan manfaati uchun barchamiz mas’ulmiz” mavzularida ma’ruzalar tinglanib, o‘zaro fikr-mulohazalar almashildi.

Yakunda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutasaddi tashkilot vakillari tomonidan javoblar berildi.

  • Ko'rildi
    375
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+