Deputatlik eshituvi: Samarqandda 9 oy davomida 152 ta davlatdan 604 ming xorijiy turistlar tashrif buyurib, xizmatlar eksporti 97,7 mln dollarni tashkil etdi

30.11.2022, 15:43

Deputatlik eshituvi: Samarqandda 9 oy davomida 152 ta davlatdan 604 ming xorijiy turistlar tashrif buyurib, xizmatlar eksporti 97,7 mln dollarni tashkil etdi

 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalar yuzasidan Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhining navtabdagi yig‘ilishida Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi boshlig‘i Rustam Qobilovning axboroti eshitildi.

Unda yangi turizm yo‘nalishlari va mahsulotlari ustida olib borilayotgan ishlar, xususan, turizm qishlog‘i, turizm va gastronomik ko‘chalar, ziyorat turizmi marshrutlari, plyaj, suvda va cho‘l hududlarida dam olish turizmi tarmog‘ini yo‘lga qo‘yish, viloyatda tematik turistik zonalar va klasterlarni yaratish, «To‘siqsiz turizm»ni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida hisobot berildi.

Hisobotda ta’kidlanishicha, joriy yilning 9 oyi davomida 152 ta davlatdan 604 ming xorijiy turistlar tashrif buyurdi. Turizm xizmatlari eksporti 97,7 mln dollarni tashkil etdi. Yil yakuniga qadar yana 100 ming xorijiy sayyoh jalb etiladi. Turizm xizmatlari eksporti 110,0 mln dollarga yetkaziladi.

Hozirgi kunda xorijiy turistlarning o‘rtacha qolishi 2,6 kunni (1 kunlik xarajati 65-213 AQSh dollar) tashkil etmoqda. Qolish kunini yana 1 kunga uzaytirish orqali turizm xizmatlari eksporti 14 mln AQSh dollariga ko‘payadi.

Shuningdek, 2023 yilda Samarqandga 1,5 mln nafar xorijiy turistlar jalb etilib, turizm xizmatlar eksporti 250 mln AQSh dollariga yetkazilishi ko‘zda tutilmoqda. 2022 yilda 126 ta yangi joylashtirish vositalari ochildi. Yil yakuniga qadar yana 5 ta 310 o‘rinli yangi mehmonxonalar foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan

2022 yilning bugungi kuniga qadar turizm va unga yondosh xizmat ko‘rsatish sohalarida jami 22 ming 401 ta ish o‘rinlari yaratildi. Turizm sohada 7,3 trillion so‘mlik jami 367 ta loyihalarni amalga oshirish natijasida 5 ming 571 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Ayni vaqta viloyatning tuman va shaharlarida jami 103 ta MFYlarda turizm sohasi drayver sifatida tanlab olinib, jami 491 ta xonadonlarda oilaviy mehmon uylari tashkil etildi. Bu sohada jami 5 ming 842 nafar aholining bandligi ta’minlandi. 2023 yilda turizm sohasi drayver sivatida tanlangan MFYlar soni 239 taga xonadonlar soni 1 ming 144 taga yetkaziladi. Natijada 409 (malada 305 ta ) ta oilaviy mehmon uylari, 105 ta umumiy ovqatlanish shahobchalari tashkil etilib, sohadagi band aholi soni 7 ming  189 nafarga yetkaziladi. Bir yil davomida jami 4 ming nafar turistlarni qabul qilish imkoni paydo bo‘lib, sohadagi daromad 43,4 mlrd. so‘mga ko‘payadi.

Bundan tashqari 2023 yilda viloyatda 5 ta turizm klasterlari tashkil etilishi rejalashtirilgan. Xususan, Samarqand tumanida “Biznes turizm klasteri”, Urgut tumani Qoratepa-Omonqo‘tonda “Tog‘ turizm klasteri”, Payariq tumani “Imom al-Buxoriy” majmuasida “Ziyorat turizmi klasteri”, Samarqand shahrida “Gostronomik turizm klasteri”, Toyloq tumanida “Vinochilik turizm klasteri” shular jumlasidan.

Deputatlar viloyatda turizm sohasida amalga oshirilayotgan bu kabi ijobiy ishlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlashdi.

  • Ko'rildi
    281
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+