Deputat saylovchilar bilan uchrashuvda bildirilgan muammolarni o‘z nazoratiga oldi

14.12.2022, 10:56

Deputat saylovchilar bilan uchrashuvda bildirilgan muammolarni o‘z nazoratiga oldi

Shu kunlarda Xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashlari deputatlari o‘zlari saylangan okruglarida saylovchilar bilan muloqotlar o‘tkazyapti. Yuzma-yuz muloqotlarda deputatlar aholi tomonidan bildirilgan takliflarni, muammolarni joyida hal etishga alohida e’tibor qaratmoqda.

12-Yalang‘och saylov okrugidan saylangan Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Jamoliddin Meliboyev Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Bahor” va “Katta Yalang‘och ota” mahallalarida yashovchi fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvda asosan xotin-qizlarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, sog‘liqni saqlash va kommunal xizmatlar ko‘rsatishdagi ba’zi muammolar borasida murojaatlar qilindi. Shuningdek, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan qarovchisi bo‘lmagan yoki ehtiyojmand ayollar, shuningdek, kasallikka chalingan, dori-darmonga muhtoj oilalar, davolanish uchun yetarlik mablag‘i bo‘lmagan nochor oilalar o‘z murojaatlari bilan qatnashdi.

Deputat ushbu yo‘nalishdagi muammolarni tinglar ekan, qilingan barcha murojaatlar o‘z yechimini topish maqsadida Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi, tuman sog‘liqni saqlash boshqarmasi, mahalla fuqarolar yig‘ini raislari, mutasaddi tashkilotlar vakillari bevosita ishtiroki ta’minlandi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarning aksariyati joyida yechim topilgan bo‘lsa, muddat talab qiladigan masalalar tegishli tashkilotlar orqali hal qilish choralari ko‘rildi.

Deputatning saylovchilar bilan uchrashuvlari davom etmoqda.

  • Ko'rildi
    584
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+