Xalq vakili poytaxtlik saylovchilar bilan uyma-uy yurib muloqot qildi

20.01.2023, 15:58

Xalq vakili poytaxtlik saylovchilar bilan uyma-uy yurib muloqot qildi

O’zLiDeP Toshkent shahar Kengashi raisi, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Ravshan Fazilov Yunusobod tumanidagi “Islomobod”, “Tiklanish”, “Xamkorobod” mahallalarida yashovchi yolg‘iz qariyalar, kam ta’minlangan ehtiyojmand oilalar xolidan xabar olib, ular bilan suhbatlashdi. Uyma-uy yurish orqali aholining muammolari va takliflari tinglandi va ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi hamda moddiy yordam ko‘rsatildi.

Darhaqiqat, so‘ngi kunlarda yurtimizga sovuq havo oqimi kirib kelishi natijasida energiya va issiqlik ta’minotida uzilishlar kuzatildi. Davlatimiz rahbari bu masalaga chuqur to‘xtalib, tezkor choralar ko‘rish yuzasidan topshiriqlar berdi. Yolg‘iz qariyalar, ko‘p farzandli ehtiyojmand oilalarga yordam berishni ta’kidlab o‘tdi. Bu borada O’zLiDePdan saylangan deputatlar joylarda xayriya ishlarini amalga oshirib o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqdalar. Issiq kayfiyat ulashish tadbirlari davom etmoqda.

  • Ko'rildi
    390
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+