Yoshlar parlamentiga munosiblar saralanmoqda

09.02.2023, 15:20

Yoshlar parlamentiga munosiblar saralanmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentiga o‘tkaziladigan bo‘lajak saylovga tayyorgarlik ishlari barcha hududlarda bo‘lgani kabi Surxondaryo viloyatining  barcha tuman va shahalarida nomzodlarni saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. Hozirda partiyaning viloyat Kengashida tanlov nizomida belgilangan tartibda nomzodlarning hujjatlarini qabul qilish ishlari qizg‘in pallaga kirdi.

Nomzodlarni saralash jarayonida asosan, yoshlarning partiya bilan xayrixohligi, har jabhada faol, tashabbuskorligi, qobiliyati, qonunchilik sohasidagi bilim  va tajribasi,  huquqiy va siyosiy savodxonligi, erishgan muvaffaqiyatlariga e’tibor qaratilmoqda. Shu bilan birga, keng jamoatchilik orasida o‘zgalarga o‘rnak bo‘lib kelayotgan shijoatli yoshlarni saralab olinmoqda.

- Xususan, Jarqo‘rg‘on tumanidan 50 nafarga yaqin yosh ushbu saylovda qatnashish uchun hujjat topshirdi. Albatta, tuman kengashi qoshida tashkil etilgan ishchi guruh har bir nomzodni mavjud talablar doirasida ko‘rib chiqib, munosiblar tanlab olindi. Hozirda saralanganlar viloyat bosqichiga yo‘naltirildi, - deydi O’zLiDeP Jarqo‘rg‘on tumani Kengashi deputati Botir Kenjayev.

O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    357
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+