“O‘zLiDeP faoli - islohotlar targ‘ibotchisi!” klubiga 20 nafar qorako‘llik ishbilarmon xotin-qizlar a’zo bo‘lishdi

10.02.2023, 16:05

“O‘zLiDeP faoli - islohotlar targ‘ibotchisi!” klubiga 20 nafar qorako‘llik ishbilarmon xotin-qizlar a’zo bo‘lishdi

O‘zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” tomonidan partiyaning dasturiy maqsad va vazifalarini, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning samarasini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish maqsadida  “O‘zLiDeP ayollari – Yangi O’zbekiston bunyodkori!” loyihasi doirasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan,  viloyatdagi har bitta mahalla huzurida “O‘zLiDeP faoli - islohotlar targ‘ibotchisi!” klublarini tashkil qilish, hududlardagi faol tadbirkor, fermer, ishbilarmon xotin-qizlarni partiya safiga jalb etishga asosiy e’tibor qaratilayapti.

Qorako‘l tumanidagi “Shakarbek” MFY huzurida tashkil etilgan “O‘zLiDeP faoli - islohotlar targ‘ibotchisi!” klubi a’zolari ishtirokida o‘tkazilgan davra suhbatida partiya viloyat Kengashi “Ayollarning siyosiy faolligi, jamiyatdagi o‘rni va mavqeini oshirish” bo‘limi mudiri Robiya Salixova so‘zga chiqib, ushbu klub faoliyatining asosiy maqsad va vazifalari, uning hudud xotin-qizlari ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish borasidagi o‘rni va boshqa jihatlari bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bayon etdi.

Tadbir so‘ngida partiya a’zosi bo‘lish istagini bildirgan hududdagi 20 dan ortiq turli soha vakillariga  O‘zLiDeP guvohnomalari topshirildi.

  • Ko'rildi
    340
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+