Jizzax davlat pedagogika universitetida tahsil olayotgan 12 nafar yoshlar istiqblolli kadrlar zahirasiga olindi

28.02.2023, 16:34

Jizzax davlat pedagogika universitetida tahsil olayotgan 12 nafar yoshlar istiqblolli kadrlar zahirasiga olindi

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi tomonidan Abdulla Qodiriy nomli Jizzax Davlat pedagogika universitetida “Yangi avlod kadrlari” loyihasi  doirasida navbatdagi tadbir tashkil etildi.

Tadbirda partiya viloyat Kengashi xodimlari, “Yoshlar qanoti” faollari, oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari hamda talaba yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida ayni kunlarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarda mahalliy Kengashlarda faoliyat olib borayotgan O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari va partiya faollari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qoshidagi Yoshlar parlamentiga bo‘lib o‘tgan saylovlar haqida ma’lumotlar berib o‘tildi.

Ayniqsa, fidoiy, vatanparvar, elim, yurtim deb yonib yashaydigan yosh kadrlarni partiyaning amaldagi va istiqbolli kadrlar zahirasiga tavsiya etish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlab o‘tildi.

Yoshlar tomonidan berilgan ko‘plab savollarga batafsil javob qaytarilgan va ochiq, samimiy muloqot ruhida o‘tgan tadbirda 12 nafar talaba yoshlar istiqbolli kadrlar zahirasiga olindi.

Dilshod Tursunboyev,

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi tashkiliy-partiyaviy

va istiqbolli kadrlar bilan ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    271
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+