Partiya vazifalarini bajarmagan BPT rahbarlari faoliyatiga tanqidiy baho berildi

01.03.2023, 17:11

Partiya vazifalarini bajarmagan BPT rahbarlari faoliyatiga tanqidiy baho berildi

O`zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi tarkibidagi quyi bo‘g‘inlarda hisobot saylov yig‘ilishlari partiyaning dasturiy maqsad va vazifalarini aholining barcha qatlamlari orasida keng targ‘ibot qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur muhim jarayon davomida BPTlar faoliyati xususida aniq xulosalar chiqariladi. Zero, har qanday partiyaning asosiy tayanchi uning boshlang‘ich tashkilotidir. Sababi, mehnat jamoalarida, mahallalarda faoliyat yuritayotgan, bevosita odamlar bilan ishlaydigan, ularni partiya g‘oyalarini hayotga tatbiq etish yo‘lida birlashtiradigan tuzilma aynan quyi bo‘g‘indir. Shuningdek, BPTlarning o‘tgan yildagi faoliyati tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqilib, joriy yilda qilinishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan partiya faollari, mahalliy kengash deputatlari ishtirokida davra suhbatlari tashkil etilmoqda.

Bugungi kunda O’zLiDeP Xorazm viloyat xududiy partiya tashkilotidagi jami 13 ta tuman-shahar Kengashlaridagi 1133 ta Boshlang‘ich partiya tashkilotlari mavjud bo‘lib, ular 102880 nafar partiya a’zolarini  birlashtirgan.

Sarhisob yig‘ilishlari davomida quyi tashkilotlarning 2022 yildagi faoliyati tanqidiy ko‘rib chiqilib, kelgusi yilda qilinishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olinmoqda.

Hisobot-saylov yig‘ilishlarini tahlil qilsak o‘tgan yil davomida boshlang‘ich partiya tashkilotlari tomonidan o‘tkazilgan targ‘ibot tashviqot ishlari tufayli partiya a’zolar soni birmuncha oshganligini ko‘rish mumkin. Urganch shahar, Gurlan, Xonqa, Bog‘ot, Hazorasp va Yangibozor BPTlar faoliyatni sifatli tashkil qilish, partiya a’zolarini qiynayotgan muammolarni hal etishda mahallardagi hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari hamda partiya deputatlik guruhi a’zolari bilan hamkorlikni mustahkamlash natijasida ko‘plab masalalar o‘z yechimini topgan.

Shu bilan birga, hali o‘z vazifasini to‘la anglab yetmagan, shunchaki nomiga faoliyat olib borayotgan quyi bo‘g‘inlar faoliyatiga ham tanqidiy baho berilmoqda. Ularda a’zolarni tarkibini qayta ko‘rib chiqish,  tadbirlarga partiya deputatlik guruhi a’zolarini jalb qilish, partiya tuman kengashi qoshidagi faxriylar kengashi a’zolari salohiyatidan unumli foydalanish, tuman kengashi bilan aloqalarni yaxshi yo‘lga qo‘yish, BPT rais va rais o‘rinbosarlari faoliyatini yanada jonlantirish, har bir boshlang‘ich partiya tashkilotiga partiya tuman kengashi a’zolari va deputatlarni biriktirish orqali ishlarni samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ham ishlar amalda tashkil etilmoqda.

Joylarda hisobot-saylov yig‘ilishlari davom etmoqda.

Nasiba Vaisova,

O’zLiDeP Xorazm viloyat kengashi

Jamoatchilik bilan aloqalar va

mafkuraviy targ‘ibot bo‘limi mudiri

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    236
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+