Uzunlik partiya faoli gulchilik faoliyati orqali 5 kishini ishli qildi

13.03.2023, 14:42

Uzunlik partiya faoli gulchilik faoliyati orqali 5 kishini ishli qildi

Uzun tumani "Yangi ro‘zg‘or" mahallasida yashovchi Lolaxon Ernazarova "Har bir oila - tadbirkor" dasturi asosida bankdan 35 million so‘m kredit olib, xonadonida gulchilikni yo‘lga qo‘ydi. Hozirda kredit mablag‘iga qurilgan issiqxonada mavsumiy gullar yetishtirilayapti. Muhimi, aya mahallasida "Ayollar daftari" ro‘yxatida turgan 5 nafar xotin-qizni ish bilan ta’minladi.

O’zLiDeP Uzun tumani Kengashi deputati Safargul Rajabova partiyaning "Ayollar qanoti" vakillari bilan Lolaxon Ernazarovaning xonadonida bo‘lishdi.

U yerda mahalladagi ayollarga "Tomorqa - daromad manbai" mavzusida mahorat darsi ham tashkil qilinib, gul ko‘chatlarini qanday parvarish qilish, ularga zarur bo‘ladigan o‘g‘itlar haqida ma’lumot berildi. Gulchilikdan qanday daromad qilish mumkinligini amalda ko‘rsatib bergan xonadon vakili mahalladagi boshqa xotin-qizlarni ham tadbirli bo‘lishga chaqirdi.

O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    305
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+