O’zLiDeP yetakchisi zavod ishchi-xodimlari bilan dildan suhbatlashdi

31.03.2023, 12:00

O’zLiDeP yetakchisi zavod ishchi-xodimlari bilan dildan suhbatlashdi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanida Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan uchrashuvlarini davom ettirgan mas’ullar navbatdagi manzil –  “Amudaryotex” xorijiy korxonasiga qarashli o‘simlik yog‘-moy ishlab chiqarish zavodiga tashrif buyurishdi va ishchi-xodimlar bilan dildan suhbatlashishdi.

 Suhbat davomida zavod ishchi-xodimlariga Konstitutsiyaviy qonun loyihasida inson huquq va erkinliklari yanada mustahkamlanganini misollar bilan tushuntirishdi. Yangilanayotgan Konstitutsiya jonajon Vatanimiz taraqqiyoti, xalqimiz hayoti, huquq va manfaatlari, qadr-qimmatini ta’minlashda muhim o‘rin tutishini aytib, bo‘lib o‘tadigan umumxalq referendumida faol qatnashishga chaqirishdi.

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov ma’sul vakillar bilan birgalikda 40-sonli umumta’lim maktabi hududida tashkil etilgan fermerlar bog‘iga borishdi. Bog‘da yangi ekilgan mevali daraxt ko‘chatlari yaxshi parvarish qilinayotganini ko‘rib, kerakli tavsiya va maslahatlar berishdi. Shuningdek, maktab pedagoglar jamoasi bilan ham uchrashib, yangilanayotgan konstitutsiyaviy qonun loyihasining 50 va 52-moddalarida maktab va maktabgacha ta’limni rivojlantirish bo‘yicha qator huquqiy asoslar keltirib o‘tilgani, Asosiy qonunga kiritilayotgan o‘zgartishlar bilan soha xodimlarining konstitutsion huquqlari, manfaatlari, maqomi mustahkamlanayotganini aytib o‘tishdi. O’z navbatida, mazkur yangilanishlarning soha rivojidagi o‘rni xususida pedagoglarning fikr-mulohazalari tinglandi. Mas’ullar o‘qituvchilarni o‘z fuqarolik pozitsiyasini namoyon etgan holda referendumda Yangilanayotgan Konstitutsiya uchun ovoz berishga chaqirdi.

Uchrashuv “Amudaryo tomorqa xizmati” klasterida ham davom ettirildi. Mas’ullar klasterdagi ish jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Korxonaga qarashli sexlarda tayyorlanayotgan pishiriq va nonlar, 750 tonnalik sig‘imga ega muzlatgichda saqlanayotgan sabzavot va meva-cheva zaxirasi, 50 sotixlik issiqxonada yetishtirilayotgan sabzavotlarni ko‘rib, tadbirkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha o‘z taklif va maslahatlarini berishdi hamda tadbirkorlarni ham referendumda faol ishtirok etishga chorlashdi.

OzLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    188
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+