Yangi tahrirdagi Konstitutsiya: agrar sohada yangi imkoniyatlar yaratiladi

20.04.2023, 16:29

Yangi tahrirdagi Konstitutsiya: agrar sohada yangi imkoniyatlar yaratiladi

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov Samarqand tumanidagi “Navobod naslli parranda” fermer xo‘jaligida bo‘ldi.

Partiya lideri Samarqand, Toyloq, Urgut, bulung‘urlik fermerlar, qishloq xo‘jaligi mutaxassislari, tomorqa yer egalari, tajribali dehqon va chorvadorlar bilan uchrashdi. Bo‘lajak referendum hamda Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartishlar, xususan agrar sohadagi yangiliklar bo‘yicha ham fikr-mulohazalarini bildirdi. Mamlakatimizda klaster, fermerlar uchun yaratilayotan imkoniyat va imtiyozlar xususida to‘xtaldi.

Ta’kidlaganidek, yangi tahrirdagi Konstitutsiyada agrar soha egalari uchun ko‘plab huquqiy imkoniyatlar yaratilmoqda. Davlat  o‘z zimmasiga bozor munosabatlarini rivojlantirish, qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini ta’minlash, halol raqobat uchun shart-sharoit yaratish bo‘yicha majburiyatlarni  olayapti.

“Navobod naslli parranda” fermer xo‘jaligi raisi, O‘zLiDeP viloyat Faxriylar kengashi rahbari Haydar O’roqov so‘zga chiqib, yangilanayotgan konstitutsiyada qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan yerlarni qonunga muvofiq xususiylashtirish mumkinligi belgilanayotganini, bu esa soha xodimlari uchun navbatdagi imkoniyatlar ekanini aytdi.  

- Konstitutsiyada ilk marotaba yer xususiy mulk bo‘lishi, u umummilliy boylik sifatida muhofaza qilishni ta’minlovchi shartlar asosida va tartibda xususiy mulkchilikka yo‘l qo‘yilishi nazarda tutilmoqda, – dedi  O‘zLiDeP viloyat Faxriylar kengashi a’zosi, faxriy fermer To‘xta Xudoynazarov. – Bu ishbilarmon kishilar uchun katta imkoniyatdir. Ular ixtiyoridagi yerning bozor qiymati shakllanadi va yer kapitalga aylanadi. Qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishga xizmat qiladi.

Uchrashuv davomida soha xodimlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga to‘liq javob berildi.

O‘zLiDeP Samarqand viloyat kengashi

 matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    313
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+