Deputatlar guruhi faolligi yanada jonlanadi
24.05.2023, 17:05
O‘zLiDeP Qarshi shahar tashkilotining navbatdan tashqari konferensiyasida viloyat kengashi raisi o‘rinbosari, shahar kengashi deputati Arziqul Sherov, deputatlardan To‘lqin Rasulov, G’ayrat Asadov, Faxriylar kengashi raisi Ilhom O’rinov va boshqalar so‘zga chiqdi. Ular kengash faoliyatini yanada jonlantirish, shaharda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, deputatlar guruhi ishini bugungi kun talablari darajasida tashkil etish orqali siyosiy jarayonda yetakchilikni oshirish va eng yuqori natijalarga ega bo‘lish uchun kurashish zarurligi alohida ta’kidlashdi.
– O‘zLiDeP Qarshi shahar kengashi tomonidan saylovoldi kampaniyasi davrida targ‘ibot va tashviqot ishlarini yanada samaraliroq tashkil etish uchun 108 ta boshlang‘ich tashkilotlarida Prezident saylovini uyushqoqlik bilan o‘tkazish hamda shahar konferensiyasiga delegatlar saylash masalalariga bag‘ishlangan umumiy yig‘ilishlar o‘tkazildi, – dedi deputat To‘lqin Rasulov. – Siyosiy jarayonda kengash tarkibidagi 80 367 nafar partiya a’zolarining faolligini ta’minlashimiz zarur. Endilikda barcha mulk shakllarining teng huquqliligi, ishbilarmonlar qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni mustaqil tanlashi va amalga oshirishga haqliligi, ularga qulay sharoit yaratish maqsadida muhim qonunlar, davlatimiz rahbarining qator farmon va qarorlari qabul qilinganini tushuntirishimiz kerak.
Yig‘ilish so‘ngida kun tartibidan o‘rin olgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilindi va O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat partiya tashkilotining navbatdagi konferensiyasiga delegatlar saylandi.
O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi
matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Ta’lim sohasi vakillari partiya targ‘ibotida faol
09.04.2024, 20:15
-
“Bunyodkor tekstilda” quyi bo‘g‘in faoliyati jonlanmoqda
08.04.2024, 17:01
-
217 nafar partiya a’zosi bo‘lgan korxonadagi quyi bo‘g‘inning faoliyatiga baho berildi
05.04.2024, 12:57
-
Viloyat hokimi o‘rinbosarining hisoboti eshitildi
04.04.2024, 11:09
-
Buxorolik maslakdoshlarimiz safi tobora kengayib bormoqda
02.04.2024, 16:56
Fikringizni qoldiring