Hamkorlik va hamjihatlikda ishlaymiz

25.05.2023, 20:24

Hamkorlik va hamjihatlikda ishlaymiz

O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat patiya tashkilotining konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda partiya mas’ullari, mahalliy kengash deputatlari, delegatlar, hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan viloyat hokimi A. Maxmudaliyev, kengash apparat rahbari Sh. Bozorboyeva, deputat va partiya faollari hamda boshqalar joriy yilning Vatanimiz va xalqimiz hayotida muhim siyosiy voqealarga boy bo‘layotgani, prezident saylovi jahon hamjamiyati alohida ahamiyat qaratadigan navbatdagi muhim siyosiy tadbir sifatida tariximizga yorqin sahifa bo‘lib muhrlanishini ta’kidlashdi. Yurtdoshlarimiz ana shu hayotiy haqiqatni anglab yetgan holda o‘z farovonliklari, farzandlari baxt-saodati uchun munosib nomzodga ovoz berish bilan o‘z kelajaklarini belgilashlarini qayd etishdi.

– Bugungi konferensiyada muhim siyosiy jarayon oldidan bajarilishi lozim bo‘lgan bir qator vazifalarni belgilab olish bilan birga, yangicha tizimda ishlashga kelishib oldik, – dedi Sh. Bozorboyeva. – Zero juda ma’suliyatli jarayonga puxta tayyorlanish, yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazishda faollarimiz hamda noiblar bilan hamkorlikda ishlashimiz darkor.

  • Ko'rildi
    165
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+