O‘zLiDeP ijodkorlarga eng kam oylik ish haqining 100 baravari miqdorida pul mukofoti berish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi

12.05.2018, 17:29

O‘zLiDeP ijodkorlarga eng kam oylik ish haqining 100 baravari miqdorida pul mukofoti berish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi  “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” doirasida

“FAOL TADBIRKOR — IJODKOR NIGOHIDA”

respublika ijodiy tanlovini e’lon qiladi!

Mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini, shu jumladan, xalqimiz turmush farovonligini yanada oshirish, faol tadbirkorlik biznes faoliyatini innovatsion, ya’ni zamonaviy yondashuvlar, ilg‘or texnologiyalar asosida shakllantirib, boshqalarga o‘rnak bo‘layotgan, bir so‘z bilan aytganda, zamonamiz qahramonlari deyishga arziydigan ishbilarmon, tadbirkor, fermerlar siymosini yaratishga chog‘langan ijodkor qalamkashlarni ushbu tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!

Tanlov

— “Eng yaxshi badiiy asar”;

— “Eng yaxshi publitsistik maqola”;

— “Eng yaxshi videorolik” yo‘nalishlarida o‘tkaziladi.

Har bir yo‘nalishda l, 2, 3-o‘rin g‘olib va sovrindorlari aniqlanadi hamda ularga diplom va quyidagi miqdorda pul mukofotlari topshiriladi.

1-o‘rin g‘olibiga eng kam oylik ish haqining 100 baravari miqdorida.

2-o‘rin g‘olibiga eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida.

3-o‘rin g‘olibiga eng kam oylik ish haqining 25 baravari miqdorida.

Shuningdek,  “Yosh tadbirkor obrazini yaratgan eng yaxshi asar uchun”.  “Zamonaviy tadbirkor ayol obrazini yaratgan eng yaxshi asar uchun” nominatsiyalari bo‘yicha rag‘batlantiruvchi mukofotlar ta’sis etilgan.

Asosiy hamkorlarimiz – O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Yozuvchilar va Jurnalistlar ijodiy uyushmasi.

Tanlovga taqdim etilgan ijodiy materiallar 2018 yilning 1 noyabriga  qadar quyidagi manzilga yuborilishi lozim:

 Toshkent shahri, Nukus ko‘chasi, 73-A uy, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi.

Murojaat uchun telefonlar: (0371) 255-29-91, 254-01-22

Elektron pochta: tanlov@uzlidep.uz

Tanlov g‘olib va sovrindorlari 2018 yil 8 dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligi bayrami arafasida e’lon qilinadi.

TANLOV NIZOMI BILAN QUYIDAGI HAVOLA ORQALI TANISHISHINGIZ MUMKIN: NIZOM

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1305
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Зулунова Дилдора2018-10-05 23:59:56

7. Хакикий маънавият ва маърифат. Бу каби танловлар, тадбирлар барчага яхши кайфият ва энг асосийси нафакат тадбиркорлар ва холанки барча инсонларни янгича фикрлашга хамда яшашга ундайди! Бундай ажойиб гоялар факат Уз.Лидерда тугилади! Мен уз партиям билан фахрланаман!


Адҳам Шадманов2018-06-06 17:30:40

Мамлакатнинг оғиру енгилини, унинг бугуни ва келажаги учун масъулиятни ўз зиммасига олган ва ўзини етакчи деб билган сиёсий партия учун мамлакат иқтисодий салоҳиятини кўтариш, халқ фаровонлигини янада юксалтириш, юрт тинчлигини таъминлашда ўз қаторларидаги фаол тадбиркорлар, бизнес ҳамжамияти вакиллари ва умрини, фаолиятини инновацион янгиликсиз тасаввур қила олмайдиган замондошларимиз салоҳиятини, уларнинг сиймосини яратиш жуда мушкул иш, лекин шунга қўл урилгани ниҳоятда ҳайрлидир. Бундай қаҳрамонлар нафақат бугунимизни, балки барча рози бўлиб қабул қилаётган эртамизни яратаяптилар. Уларн ҳақида айтмоқ, ёзмоқ ва керак бўлса куйламоқ лозим деб ўйлайман.


Aziz2018-05-16 12:19:20

Bundan tashqari yoshlarni kichik tadbirlokka qiziqtirish va ularni qollab quvvatlash doirasida master klaslar yoki ishchi guruh bilan soliq marketing oldi sotti jarayonlarida uslubiy va iqtisodiy biznes treninglar otkazishizzi sorab qoalmz


Jaho gir2018-05-16 12:15:11

Бу каби тадбирларнинг борлиги ва уларни ушюштирилганлиги учун партия аьзоларига миннатдорчилик билдирамиз... лекин бошка сохаларда хам манашунака тадбирларни утказишингизни суриман.. масалан туризимми жалб килиш, ёшларни иш бн банд килишнинг самарали ечимлари ва Шу каби йуналишда ушющтирилидиган хоказо тадбирлар....


Zarina Shoimova O'zliDeP Zarafshon shahar bo'limi huzuridagi "Yosh Liberallar" klubi faoli. 2018-05-16 10:20:21

Ushbu tanlov yurtimizdagi tadbirkorlarni rag'batlantirib, ularni ishlarida yanada olg'a borishlarida kuch bag'ishlaydi. Bu Respublika ijodiy tanlovida yosh ijodkor sifatida ishtirok etib, ko'p yillik tajribaga ega bo'lgan tadbirkorlarni faoliyatini yoritib bermoqchiman.


O.Nodir2018-05-15 22:20:34

Shubhasuz Ajoyib va yaxshi o'ylangan tadbir.. Bu tanlovda haqqoniylik adolatlilik hukm sursa undanda ajoyib bo'lishi muqarrar chunki shu paytgacha bo'lgan ba'zi noxush holatlar kishining tenglik tushunchasiga bo'lgan fikrini salbiy tomonga özgartiribgina qolmay,kelajakda erishishi mumkin bo'lgan muvaffaqiyatlariga bo'lgan ishtiyoqni so'ndirishga ulgurdi.


Насиба-СТМ, Нукус2018-05-15 17:16:25

Мамлакатимиз иқтисодий салоҳиятини, халқимиз турмуш фаровонлигини янада ошириш, фаол тадбиркорлик бизнес фаолиятини инновацион, яъни замонавий ёндашувлар, илғор технологиялар асосида шакллантириб, бошқаларга ўрнак бўлаётган, замонамиз қаҳрамонлари дейишга арзийдиган ишбилармон, тадбиркор, фермерлар сиймосини яратишга чоғланган ижодкорлар учун "Фаол тадбиркор-ижодкор нигоҳида" танлови партиямиз аъзоси бўлган тадбикорларнинг фаолиятини кўрсатадиган, тадбикорликга йўналтиришга кўмаклашадиган лойиха бўлади деб ўйлайман


Г.Абдуғаниева O‘zLiDeP Олтинсой туман Кенгаши аъзоси2018-05-15 15:59:08

Ушбу танлов O‘zLiDeP сафини янада кенгайтиради деб ўйлайман.


Карамова Насиба КР Кенгаши 2018-05-15 12:05:35

Бу танлов ижодкорларга на фақат ишбилармонлар,ва фермерларимизга хам катта имконият яратади деб ишонаман


М.Ахназарова2018-05-15 11:50:32

Бу каби танловларни ташкил этиш нафакат ижодкорларга рагбат шунингдек, тадбиркорларни юзага чикаришда уз самараси беради. Ижодкорларга ижодий баркамоллик тилаймиз!


Fikringizni qoldiring

+