Sergelida yana bitta BPT tuzildi

03.04.2018, 19:37

Sergelida yana bitta BPT tuzildi

O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi tomonidan Sergeli tumanidagi “Sergeli-Avtotexxizmat” MChJda amaliy muloqot tashkil etildi.

– Korxonamiz 1997 yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi kunda 120 nafarga yaqin ishchi-xodim mehnat qiladi, – deydi “Sergeli-Avtotexxizmat” MChJ xodimi S.Usmonov. – Korxonamiz asosan avtomobillarni aholiga yetkazib berish, avtomoshina uskunalarini sotish va avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi.

Amaliy muloqot davomida korxona qoshida quyi bo‘g‘in tuzish taklifi ma’qullandi va korxonaning 23 xodimi partiyaga a’zoligiga qabul qilindi. Quyi bo‘g‘in yetakchiligiga esa S.Usmonov saylandi.                               

  Murodjon O‘RINOV,

O‘zLiDeP Toshkent shahar

 Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1312
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+