Tashviqot tadbirlari qizg‘in davom etmoqda

06.07.2023, 11:56

Tashviqot tadbirlari qizg‘in davom etmoqda

Ayni kunlarda joriy yil 9 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan muhim siyosiy jarayon – O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga qizg‘in  tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputatlari Feruza Nigmatova, G’ayrat Abdiyev, O'zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi xodimlari hamda partiya faollaridan iborat targ‘ibot – tashviqot guruhi a’zolari G’allaorol tumanida bo‘lib, mahallalarda, korxona va tashkilotlarda, aholi gavjum maskanlarda saylovchilar bilan muloqotda bo‘lib, partiyamizdan ko‘rsatilgan nomzodning saylovoldi dasturida ilgari surilgan strategik yo‘nalishlarning mazmun-mohiyatini keng jamaotchilikka tushuntirish ishlarini olib bordilar.

Bo‘lib o‘tgan muloqotlar chog‘ida, saylovchilarga nomzodimizning saylovoldi dasturidan o‘rin olgan strategik yo‘nalishlar aks etgan buklet va flayerlar ham tarqatildi.

O'zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

Matbuot xizmati

Teglar
Saylov 2023
  • Ko'rildi
    1554
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+