Hudud aholisi hokimga suv va havo tozaligi bo‘yicha aniq masala qo‘ya oladigan tizim yaratiladi
06.07.2023, 12:02
O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga partiyamizdan ko‘rsatilgan nomzodning Jizzax viloyati bo‘yicha ishonchli vakili Bayrambek Uzakov G’allaorol tumani saylovchilari bilan uchrashdi.
Tuman Madaniyat markazida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati G’ayrat Abdiyev, mahalliy kengash deputatlari, partiya faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Ishonchli vakil nomzodning saylovoldi dasturidan o‘rin olgan strategik maqsad va vazifalar mazmun-mohiyatini saylovchilarga atroflicha talqin qilib berdi.
Xususan, “Yashil makon” umummilliy loyihasi yanada kengaytiriladi. Yashil maydonlarni ko‘paytirish uchun yiliga 400 milliard so‘m ajratib borilishi aholi maskanlari, umuman, mahallalarda ekologik muhitni yaxshilaydi.
Davlat idoralari, korxonalar, oliygohlar ham o‘zining yashil bog‘larini tashkil qilishi yo‘lga qo‘yiladi. Yangi uy-joy qurishda pudratchilarga “yashil hudud” va avtoturargoh barpo etish majburiy talab qilib qo‘yiladi. 2030 yilgacha respublikada ko‘kalamzorlashtirish darajasini 18 foizdan 30 foizga yetkazish aholini qulay ekologik muhitda yashashi uchun sharoit yaratadi.
Orolbo‘yi mintaqasidagi o‘rmonzorlarni kelgusi yetti yilda 2,3 million gektarga yetkazish bu yo‘nalishdagi ustuvor vazifa bo‘lib qoladi.
Toshkent shahrida amal qilayotgan boshqaruv kompaniyalari faoliyati boshqa hududlarda ham joriy etiladi.
Barcha qishloq va shaharlarni qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash xizmatlari bilan to‘liq qamrab olish, ularni qayta ishlashni esa kamida 65 foizga yetkazish atrof-muhit tozaligini saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Muayyan hududga yangi hokim tayinlanganda, o‘sha yerda ekologik audit o‘tkazish, natijalarini jamoatchilikka e’lon qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
Hudud aholisi hokim oldiga suv va havo tozaligi, ko‘kalamzorlashtirish darajasi bo‘yicha aniq masala qo‘ya oladigan tizim yaratiladi.
Ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tgan tadbir davomida saylovchilar o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga atroflicha javob olish imkoniga ega bo‘ldilar.
Uchrashuv so‘ngida ishonchli vakil barchani partiyamizdan ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyevni qo‘llab ovoz berishga chaqirdi.
O'zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi
matubot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Qashqadaryoda “O‘zLiDeP bog‘i” yaratildi
30.04.2024, 15:47
-
Tanlovning Urganch shahar bosqichi g‘oliblari aniqlandi
28.07.2023, 15:55
-
Ko‘rik-tanlovning Guliston tuman bosqichi g‘oliblari aniqlandi
27.07.2023, 12:38
-
O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti o‘z lavozimiga kirishdi
14.07.2023, 14:53
-
MDH Parlamentlararo assambleyasi kuzatuvchilari bilan uchrashuv
07.07.2023, 20:42
Fikringizni qoldiring