Ishsizlikdan tadbirkorlikkacha: bandixonlik X.Norqulova misolida

25.07.2023, 11:48

Ishsizlikdan tadbirkorlikkacha: bandixonlik X.Norqulova misolida

O'zLiDeP Bandixon tumani Kengashi tomonidan ham tumandagi Madaniyat uyida "Har bir kun – bu imkoniyat, har bir kun – bu kelajak poydevori” shiori ostida "Ishbilarmon ayol-2023" ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tadbirkor ayollarning ishlab chiqarish faoliyati, ular yaratgan mahsulotlarga baho berildi.

G’olib sifatida 35 turdagi non va non mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib, hududdagi ko‘plab ayollarni hunarli, ishli qilgan tadbirkor Xolida Norqulovaning faoliyatiga yuqori baho berildi.

- Ikki yil oldin men ham "Ayollar daftari"da ro‘yxatda turib, faoliyatimni 30 million so‘m kredit olib, oilaviy korxona faoliyatini yo‘lga qo‘yish bilan boshlagandim, - deydi Xolida Norqulova. - Bugun o‘zim qatori ishsiz ayollarga hunar o‘rgatib, ish bilan ta’minlayaman. Shu bilan birga, el dasturxoniga ko‘rk bo‘ladigan non mahsulotlari ishlab chiqarib, yaxshi daromad olayapman. Endi O’zLiDePning qo‘llab-quvvatlovida "Ishbilarmon ayol-2023" tanlovi tuman bosqichida g‘olib bo‘ldim. Bundan juda mamnunman. Menga bildirilgan ishonch sabab bundan keyin ham g‘ayratimni so‘ndirmasdan ish faoliyatimni yanada kengaytiraman.

Tanlovda Xolida opaga o‘xshagan ko‘plab partiyaning faol tadbirkor ayollari ishtirok etishdi va unda g‘olib bo‘lganlarga partiya hududiy kengashi tomonidan esdalik sovg‘alari berildi.  

O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    99
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+