Beruniylik ishbilarmon xotin-qizlar o‘zaro bellashdilar

25.07.2023, 17:32

Beruniylik ishbilarmon xotin-qizlar o‘zaro bellashdilar

“Ishbilarmon ayol - 2023” ko‘rik-tanlovining Beruniy tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda tumandagi tadbirkor, fermer  va hunarmand  xotin-qizlar o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlari bilan ishtirok etishdi.

- Eng chekka hududlarda  xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ayniqsa “Temir daftar, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni turli kasb-hunarlarga o‘qitish, ishga joylashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda, - deydi O`zLiDeP Beruniy tumani Kengashi apparat rahbari Raxima Yuldasheva. - Xotin-qizlarni tadbirkorlikka yo‘naltirish orqali bandligini ta’minlash, jamiyat va davlat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish borasida partiyamiz tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar o‘z samarasini bermoqda. “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovi ham iqtisodiyotimizni yuksaltirishda yangi-yangi loyihalarni amaliyotga tatbiq etib, aholi farovonligini oshirishga munosib hissa qo‘shayotgan shijoatli, tashabbuskor xotin-qizlarni kashf etish orqali zamonaviy ishbilarmon ayollar qiyofasini yaratdi desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.

Hakamlar hay’ati a’zolari tanlov mobaynida tumandagi tadbirkor, ishbilarmon va hunarmand xotin-qizlarning faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Ularning shu davrga qadar erishgan yutuqlari, imkoniyatlari, kelgusi rejalari bilan ham o‘rtoqlashdi.

Tanlov yakunida “Ozod Yashnar” bog‘dorchilik dehqon fermer xo‘jaligi rahbari Tursunoy  Bazarbayeva 1-o‘rin, "Ilyosbek E’zoza" tikuvchilik ishlab chiqarish korxonasi rahbari Nodira Qutlimuratova 2-o‘rinni, "Milliy liboslar" tikuvchilik korxonasi rahbari Nigora Qo‘zibayeva 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. G’oliblar tanlovning Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bosqichida ishtirok etishadi. G’oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Mazkur tanlovning tuman bosqichlari To‘rtko‘l, Qonliko‘l, Mo‘ynoq, Qo‘ng‘irot va Nukus tumanlarida ham o‘tkazildi.

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    139
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+