Ishbilarmon ayollar saralanmoqda

28.07.2023, 15:53

Ishbilarmon ayollar saralanmoqda

"Har bir kun – bu imkoniyat, har bir kun – bu kelajak poydevori” shiori ostida “Ishbilarmon ayol-2023” ko‘rik-tanlovining Namangan shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumki mamlakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkor ayollar safini kengaytirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ayni shu maqsadda o‘tkazib kelinayotgan mazkur ko‘rik-tanlovning Namangan shahar bosqichida tadbirkor va ishbilarmon ayollar nizomda keltirilgan shartlar bo‘yicha iqtidorlarini namoyish etdilar.

Hakamlar hay’atining yakuniy xulosalariga ko‘ra 3 nafar eng faol tadbirkorlarimiz “Zamonaviy tashabbuskor ayol”, “Qishloqni ijtimoiy rivojlantirishda faollik ko‘rsatgan tadbirkor ayol” hamda “Yilning muruvvatli ishbilarmon ayoli” nominatsiyalari bo‘yicha g‘olib deb topildi.

Yakunda barcha ishtirokchilarga partiya va hamkor tashkilotlarning diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

  • Ko'rildi
    227
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+