Kosonsoylik ishbilarmon ayollar aniqlandi

03.08.2023, 10:23

Kosonsoylik ishbilarmon ayollar aniqlandi

"Har bir kun-bu imkoniyat, har bir kun- kelajak poydevori" shiori ostida O’zLiDeP Kosonsoy tuman Kengashi tomonidan "Ishbilarmon ayol-2023" respublika ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Bunda tumanning eng faol tadbirkor ayollari, ishbilarmon xotin-qizlari o‘z ko‘rgazmalari bilan ishtirok etishdi. 
Ko‘rik tanlovda 10 nafar tadbirkor, xunarmand va ishbilarmon xotin-qizlar qatnashib, ularning ishtiroki belgilangan nizom asosida baholandi.

Natijada 2 nafari "Zamonaviy tashabbuskor ayol", 2 nafari "Yilning eng muruvvatli ishbilarmon ayoli", 1 nafar "Investitsiyalarni jalb etishda tashabbus ko‘rsatgan ishbilarmon ayol", 2 nafar "Eng yosh, faol tadbirkor ayol" nominatsiyalari bo‘yicha taqdirlandilar.

Hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra 1-o‘rinni hunarmand Turaboyeva Nasiba, 2- o‘rinni Chorbog‘ hosildorligi fermer xo‘jaligi rahbari Axmedova Mashhura, 3-o‘rinni tadbirkor Sherova Nasibalar loyiq deb topildi.  

Ko‘rik-tanlov g‘oliblari va tanlov ishtirokchilari tuman Kengashining diplom, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

  • Ko'rildi
    240
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+