Xorazmning ishbilarmon ayoli aniqlandi

17.08.2023, 16:32

Xorazmning ishbilarmon ayoli aniqlandi

O’zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi tomonidan mamlakatimiz iqtisodiyoti, kichik biznes va xususiy sektorning rivojlanishida faol ishtirok etayotgan shijoatli, izlanuvchan, tashabbuskor tadbirkor va fermer xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Mustaqillikning 32 yilligiga bag‘ishlab “YANGI HAYOT UCHUN, YANGI O’ZBEKISTON UCHUN!” shiori ostida “ISHBILARMON AYOL-2023” ko‘rik tanlovining hududiy Respublika bosqichi o‘tkazildi. 

Bugungi kunda viloyatda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, tadbirkorlikka yo‘naltirish borasida qilinayotgan ishlar ularni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash borasida bir qator ishlar amalga oshirilib kelnmoqda.

“Ishbilarmon ayol” ko‘rik tanlovi ham mazkur tadbirlarning biri hisoblanib, viloyatdagi barcha tuman, shahar, mahalalarida faoliyat olib borayotgan ishbilarmon ayollarning haqiqiy tanloviga, haqiqiy tadbirkor ayollar maydoniga aylanib ulgurdi. Viloyatda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlarining 40% dan ortig‘ini  xotin-qizlar tashkil qiladi. 2016 yildan boshlab o‘tkazilib kelinayotgan mazkur tanlov doirasida tashkil etilgan tadbirlarda ishtirok etgan xotin-qizlar soni jami 6700 nafardan oshdi.

Joriy yilning o‘tgan davri davomida “Ishbilarmon ayol” ko‘rik tanlovi doirasida 13 ta tuman, shahar bosqichlari tashkil etilib, tanlovda faol ishtirok etgan 1600 nafar tadbirkor, fermer, hunarmand, ishlab chiqarish sohasi vakillaridan iborat xotin-qizlardan 13 nafari tanlovning hududiy Respublika bosqichiga yo‘llanma olishdi. 

Dastlab tadbirkor va fermer ayollar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Tanlov g‘oliblarini aniqlash uchun  O'zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi, Xorazm viloyat hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar boshqarmasi, O’zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi viloyat bo‘limi, O’zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi viloyat bo‘limi, "Hunarman ayol" uyushmasi vakillaridan iborat hakamlar hay’ati a’zolari ishtirokchilarning ishlarini baholab borishdi.

Baholash mezonida asosiy e’tibor xotin-qizlar uchun qo‘shimcha yangi ish o‘rni yaratganligi, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni kasb bo‘yicha o‘qitgani, bandligini ta’minlagan va hayotda o‘z o‘rnini topib ketishida ko‘maklashganligi, faoliyat turidan kelib chiqib eksportga yo‘naltirilgan yoki import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarish bilan birga zamonaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratgani, aholiga ko‘rsatayotgan xizmatining sifati hamda faoliyatida hayotga tatbiq etib kelayotgan yangi innovatsion g‘oyalari ham baholashda alohida e’tiborga olindi.

Tanlov natijalariga ko‘ra Yakunda Urganch shahridan  “Masquerade little star” oilaviy korxona rahbari  Ibragimova Go‘zal 1- o‘rinni egallab g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, 2- o‘ringa  Tuproqqal’a tumanidagi  yakka tadbirkor Qodirova Baxtigul, 3- o‘ringa Gurlan  tumanidagi  yakka tadbirkor “Yaxshimuratovlar” fermer xo‘jaligi rahbari Babajanova Shoxista  loyiq deb topildi.

Shuningdek, qolgan  ishtirokchilar  va hamkor tashkilotlar partiyaning tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

  • Ko'rildi
    174
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+