Qoraqalpog‘istonlik eng munosib ishbilarmon ayollar aniqlandi

28.08.2023, 15:44

Qoraqalpog‘istonlik eng munosib ishbilarmon ayollar aniqlandi

Xotin-qizlarni oilaviy tadbirkorlikka, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlikka jalb etish hamda bandligiga ko‘maklashish orqali yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash, iqtidorlarini ro‘yobga chiqarish, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida har yili an’anaviy tarzda  o‘tkazib kelinayotgan “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining o‘rni katta.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida davlat mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan “Yangi hayot uchun, Yangi O’zbekiston uchun” shiori ostida  "Ishbilarmon ayol - 2023" ko‘rik-tanlovining hududiy Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda keyingi yillari amalga oshirilayotgan  tub islohotlar, o‘zgarish va yangilanishlar, ayniqsa xotin-qizlarimiz barcha sohalarda faol ishtirok etayotganligi, xususan, tadbirkorlik, ishbilarmonlik va fermerlik sohasida ulkan natijalarga erishayotganligi, minglab ish o‘rinlari yaratishda o‘z hissalarini qo‘shayotganligini alohida e’tirof etdi va tanlov ishtirokchilariga  muvaffaqiyatlar tiladi.

Bu yilgi tashkil qilingan “Ishbilarmon ayol - 2023” ko‘rik- tanlovida shahar va tuman bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 16 nafar  ishtirokchilar o‘zaro bellashdilar. Tanlovda hakamlar hay’ati tomonidan har bir ishtirokchining ish faoliyati, bilim tajribasi, eksport import salohiyati, mahsulotlar xoridorgirbopligi, yaratilgan ish o‘rinlar, huquqiy savodxonligi, partiya va jamoat  ishlaridagi  faolligi,  kelgusi rejalari barcha-barchasini tanlov mezoniga asosan xolis baholadi.

Tanlovda hakamlar hay’ati tomonidan eng munosib dep topilgan shijoatli, tashabbuskor, qobiliyatli, ishbilarmon ayollar aniqlandi. Tanlov yakunida uchinchi o‘ringa To‘rtko‘l tumanidan yakka tadbirkor Xidirova Bibigul, ikkinchi o‘ringa Kegeyli tumanidan “Sarbinaz milliy kiyimlari” MChJ rahbari Ataniyazova Sarbinaz munosib dep topilgan bo‘lsa, birinchi o‘ringa Nukus shahridan “KUNGRAD AGRO – SOLODKA SISTEM” MChJ rahbari Zamira Xojametova mutloq g‘olib bo‘ldi.

G’olib bo‘lganlarga partiya va hamkor tashkilotlar tomonidan diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek tanlovda faol ishtirok etgan tadbirkor xotin-qizlarga Tashakkurnoma va esdalik savg‘olari ham topshirildi.

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    95
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+