BPTlar faoliyati o‘rganilmoqda

11.09.2023, 16:42

BPTlar faoliyati o‘rganilmoqda

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi tarkibida o‘z saflariga 102 mingdan ortiq  maslakdoshlarimizni birlashtirgan 1003 ta quyi bo‘g‘in  faoliyat olib bormoqda. Ayni kunlarda partiya  viloyat Kengashi tomonidan tuzilgan ishchi guruh tomonidan  mavjud Boshlang‘ich partiya tashkilotlari faoliyati atroflicha o‘rganilmoqda.

O’rganishlar davomida quyi bo‘g‘in a’zolarining partiya Dasturi hamda maqsad va vazifalarini keng targ‘ib qilish, partiya safiga kirish istagida bo‘lgan yangi a’zolar ro‘yxatini shakllantirish  borasida olib borilayotgan faoliyati, hududlardagi mavjud muammolarni xal qilishda deputatlar bilan yaqindan hamkorlikning yo‘lga qo‘yilganligi,  BPTlarning moddiy-texnik bazasi va boshqa shu kabi jihatlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, ishchi guruh tarkibiga kiritilgan tajribali maslakdoshlarimiz ishtirokida quyi bo‘g‘in a’zolari bilan turli yo‘nalishlarda o‘quv seminarlari , targ‘ibot tashviqot tadbirlari tashkil etilmoqda.

Shunday tadbirlardan biri  - Jizzax shaharidagi  "Dilbek Sher Trans" avtomaktabida tashkil etilgan  boshlang‘ich partiya tashkilotida ham bo‘lib o‘tdi.  Alisher Begaliyev yetakchilik qilayotgan mazkur quyi bo‘g‘in o‘z tarkibiga 14 nafar maslakdoshlarimizni birlashtirgan.

Mahalliy Kengash deputatlari, partiya Jizzax  shahar Kengashi xodimlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan tadbirda, “O’zbekiston 2030” strategiyasida amalga oshirilishi belgilangan loyihalar, ayni kunlarda shiddat bilan davom etayotgan  islohotlarda partiya faollarining o‘rnini yanada oshirish yuzasidan fikr yuritildi.

Tadbir so‘ngida partiya safiga kirish istagida bo‘lgan 5 nafar yangi a’zolar ro‘yxati shakllantirildi.

Abdukarim Isaxonov,

O’zLiDeP Jizzax shahar Kengashi

apparat rahbari

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    180
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+