Tashviqotlar davomida yangi BPT faoliyati yo‘lga qo‘yildi

21.09.2023, 17:21

Tashviqotlar davomida yangi BPT faoliyati yo‘lga qo‘yildi

O`zLiDeP Jizzax shahar Kengashi faollari hududdagi korxona va tashkilotlarda bo‘lib, Davlatimiz rahbarining “O’zbekiston–2030" strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni hamda “O’zbekiston-2030” strategiyasini 2023 yilda o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilmoqdalar.

Navbatdagi targ‘ibot tadbirida partiya faollari Jizzax shahridagi “Raw Materials Cellulose” MChJ korxonasida bo‘ldilar. Dastlab, targ‘ibot guruhi a’zolari korxona faoliyati hamda bu yerda ishchi xodimlarning mehnat qilishlari uchun yaratilgan shart–sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

180 nafar kishi mehnat qiladigan “Raw Materials Cellulose” MChJ korxonasi o‘z faoliyatini Jizzax erkin iqtisodiy zonasi hududida 2017 yilda boshlagan zamonaviy kimyo majmuasi bo‘lib, yuqori sifatli paxta sellyulozasi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Yevropa va Xitoydan keltirilgan zamonaviy avtomatlashtirilgan uzluksiz ishlab chikarish liniyasi eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish imkonini beradi.

Ishlab chirarilgan mahsulotlarning 90 foiz qismi xorijiy davlatlarga eksport qilinishi rejalashtirilgan. 2022 yilda 1,8 mln. AQSh dollarlik, 2023 yil sentabr oyiga kadar 3,5 mln. AQSh dollarlik paxta sellyulozasi Rossiya, Turkiya, Eron, BAA davlatlariga eksport qilindi. 2023 yilning oxirigacha korxonada ko‘shimcha 3 mln. AQSh dollari mikdorida eksportni amalga oshirish rejalashtirilgan. Eksport geografiyasini kengaytirish, mahsulot va xizmatlar sifatini oshirish uchun 2023 yilning 3-choragida korxonada ISO 9001:2015 xalqaro sifat menejmenti standarti joriy qilindi.

Korxonada bo‘lib o‘tgan ochiq muloqot chog‘ida partiya faollari “O’zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyatini atroflicha talqin qilib berdilar.

Tadbir so‘ngida partiya safiga o‘tish istagida bo‘lgan 50 nafardan ortiq  yangi a’zolar ro‘yxati  shakllantirildi. Endilikda bu yerda ham Sherzod Shukrullayev yetakchiligidagi yangi Boshlang‘iya partiya tashkiloti faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Abdukarim ISAXONOV,

O`zLiDeP Jizzax shahar Kengashi

apparat rahbari

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    121
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+