Partiyaviy loyihalar yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda

22.09.2023, 15:26

Partiyaviy loyihalar yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda

Ma’lumki, O'zLiDeP ning "Yangi avlod kadrlari" loyihasida uni amalga oshirish bo‘yicha alohida vazifalar belgilab berilgan bo‘lib, ana shunday vazifalardan biri mamlakatimizning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan partiyaning uzviy xamkorligini yo‘lga qo‘yishdan iboratdir. Shuni maqsadda O`zLiDeP Xorazm viloyat va Urganch shahar Kengashlari hamkorligida Urganch davlat universitetida “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda so‘z olgan O’zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi bo‘lim mudiri Shuxrat Atajanov mazkur loyihadan ko‘zlangan maqsad – partiya ish faoliyatida kadrlar zaxirasini shakllantirish va ularning malakasini oshirish, partiyaning rivoji uchun munosib faollarni tanlab olish hamda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yoshlar ongida mustahkam vatanparvarlik g‘oyalarini shakllantirish, siyosiy faolligini oshirishdan iborat ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Davra suhbatida “O’zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati tushuntirib o‘tildi. Beshta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha 100 ta muhim maqsadni o‘z ichiga qamrab olganligi, Yangi O’zbekiston keng iqtisodiy imkoniyatlar mamlakati ekanligi, Yangi O’zbekistonni shakllantirish jarayonida mamlakatimiz yoshlarini yetuk, bilimdon qilib tarbiyalash va intellektual salohiyatini yuksaltirish, yurtimiz taraqqiyotini yanada yuqori bosqichga ko‘taradigan malakali kadrlar tayyorlash, xususan, talaba-yoshlarning puxta bilim olishi, o‘zi tanlagan sohaning yetuk mutaxassisi bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligi e’tirof etildi.

Tadbir doirasida institut pedagog va faol yoshlarining fikr - mulohazalari tinglanib, ulardan 12 nafari partiya kadrlar zaxirasiga kiritildi.

  • Ko'rildi
    156
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+