Yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslari, startap va innovatsion loyihalari qo‘llab-quvvatlanadi
20.11.2023, 16:26
O’zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalar bilan ishlash bo‘lim tashabbusi bilan Marg‘ilon shahrida joylashgan IT markazida «Yosh innovatorlar va texnologlar» loyihasi doirasida yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O’zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi va Marg‘ilon shahar Kengashi vakillari, IT markazining innovator va texnolog yoshlari ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘z olgan partiya vakillari mazkur loyihaning maqsad va vazifalari xususida to‘xtalib o‘tishdi, yoshlarning ham fikr-mulohazalari tinglandi.
Mazkur loyihadan ko‘zlangan maqsad - yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslari, startap va innovatsion g‘oyalar asosida loyihalar ishlab chiqayotgan, zamonaviy bilimlarga ega yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtidori hamda salohiyatini to‘g‘ri yo‘naltirishdan iboratdir.
O'xshash yangiliklar
-
Yoshlarning biznesga qiziqishi yana-da ortmoqda
24.04.2024, 17:07
-
Talaba-yoshlarning partiya loyihalariga qiziqishi ortmoqda
09.04.2024, 19:25
-
Nukuslik yoshlarning moliyaviy savodxonligi oshirildi
31.03.2024, 09:59
-
Yoshlarning moliyaviy savodxonligi oshirildi
16.03.2024, 14:44
-
Deputat talabalarning ta’lim va ish bilan bandlik yo‘nalishidagi muammolari bilan qiziqdi
07.03.2024, 10:56
Fikringizni qoldiring