Xotin-qizlar uchun “mahorat darsi” tashkil etildi

22.11.2023, 16:22

Xotin-qizlar uchun “mahorat darsi” tashkil etildi

O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” guruhi tashabbusi bilan Sharof Rashidov tumanidagi “Olmachi” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Bunyodkor ayollar” loyihasi doirasida navbatdagi tadbir tashkil etildi.

Tadbirda xalq deputatlari Sh.Rashidov tuman Kengashidagi O`zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari – Nigora Asqarova, G’anisher Avalboyev, partiya “Ayollar qanoti” faollari, mahallada istiqomat qiluvchi ayollar,  tadbirkorlik faoliyatini boshlash ishtiyoqidagi qizlar ishtirok etdilar.

- Ma’lumki, mazkur loyiha orqali  xotin-qizlarda tadbirkorlik va ishbilarmonlik ko‘nikmalarini shakllantirish, ularning biznes faoliyatini to‘g‘ri tashkil etishga o‘rgatish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka jalb etish kabi bir qator maqsadlar belgilangan, - deydi partiya Sh.Rashimov tuman Kengashi raisining Ayollar masalasi bo‘yicha o‘rinbosari Nigora Asqarova. – Shu sabab, mazkur loyiha doirasidagi bugungi tadbirda tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan yosh xotin-qizlarga mahorat darsi tashkil qilindi. Shuningdek, xotin-qizlarning huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida ochiq muloqot ham tashkil qilindi.

 E’tiborli tomoni, partiya “Ayollar qanoti” guruhi faollari tadbirni yig‘ilish tarzida emas, balki mahorat darsi sifatida bevosita oilaviy tadbirkor Zarifa Anarbayeva xonadonida tashkil etishgani, uning samaradorligini oshirishga xizmat qildi.

 “Maxmuda Zarina Zarifa” MChJ rahbari Zarifa Anarbayeva nomini nafaqat mahallada, balki tumanda ham hurmat bilan tilga olishadi. Chunki, yosh bo‘lishiga qaramay, 8 nafar nogironligi bor xotin-qizlarni doimiy ish bilan ta’minlashga o‘z hissasini qo‘shdi.

Uning ish faoliyati bilan yaqindan tanishgan “Mahorat darsi” ishtirokchilari tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish borasida ko‘plab foydali ma’lumotlarni olish bilan bir qatorda, xaridorgir mahsulotlar tayyorlash sir-asrorlarini ham o‘rgandilar.

Ochiq va samimiy ruhda bo‘lib o‘tgan muloqotlar chog‘ida esa, partiya “Ayollar qanoti” faollari tomonidan “O’zbekiston 2030” strategiyasini amalga oshirish borasida olib borilayotgan sa’y-harakatlar borasida tushunchalar berildi.

Saida Umaraliyeva,

O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

“Ayollar qanoti “guruhi rahbari

  • Ko'rildi
    114
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+