Faol yoshlar Yosh siyosatchilar safida

01.12.2023, 14:17

Faol yoshlar Yosh siyosatchilar safida

O‘zLiDeP targ‘ibot va tashviqot tadbirlariga yoshlarni jalb etish, ularning jamiyatda munosib o‘rin egallashlari uchun shart-sharoitlar yaratib berishga ko‘maklashgan holda yetakchilik ko‘nikmalarini shakllantirishni o‘zining asosiy vazifalaridan deb biladi.

“Yosh siyosatchilar ligasi” loyihasi doirasidagi navbatdagi muloqot Toshkent moliya institutda ham shu maqsadda tashkil etildi. Uchrashuv davomida o‘g‘il-qizlarga loyiha haqida ma’lumot berildi. Bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ertamiz egalariga yaratilayotgan sharoit va qulayliklar xususida so‘zlandi.

Qizg‘in savol-javoblarga boy tarzda o‘tgan uchrashuvdan barcha mamnun bo‘ldi.

  • Ko'rildi
    130
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+