Partiya ishchi guruhi: Yoshlarni chet tillariga o‘qitish tizimi o‘rganildi

01.12.2023, 14:19

Partiya ishchi guruhi: Yoshlarni chet tillariga o‘qitish tizimi o‘rganildi

“O’zbekiston - 2030” strategiyasining 30-maqsadida belgilangan yoshlarni zamonaviy kasblar va chet tillariga o‘qitish tizimini yaratish borasidagi vazifalar ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilish, ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish bo‘yicha Respublika ishchi guruhining kengaytirilgan yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilish avvalida, Partiya ishchi guruhi jamoatchilik eshituvi doirasida “Yoshlar kreativ Parki” faoliyati bilan tanishdi. Mazkur yoshlar parki Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, ushbu majmuada zamonaviy kutubxona, “Yoshlar ovozi” gazetasi tahririyati, “Tasnif grup”, “Kulolchilik akademiyasi”, “Ibrat tillari” loyihalari ofislari yoshlar bilan gavjum.

“Chet tillarini ommalashtirishga ko‘maklashuvchi “Ibrat” loyihalarini rivojlantirish, xalqaro imtihon tizimlarida chet tillari va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha yuqori ball olgan yoshlarning imtihon xarajatlarini qoplab berish amaliyotini kengaytirish” mavzusida jamoatchilik eshituvi tashkil etildi.

Jamoatchilik eshituvida chet tillarini o‘qitishga ixtisoslashgan nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash tizimi qay holatdaligi, ta’lim muassasalarida chet tillarini ommalashtirishga qaratilgan ishlarning natijadorligi va ta’lim olayotgan yoshlarning chet tillari va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha natijalari tahlili mavjudlik darajasi, chet tillariga ixtisoslashtirilgan respublikadagi mavjud oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim olayotgan talaba-yoshlar qanchalik chet tillaridan habardorligi, maktablardagi o‘quvchilarning chet tillarini o‘rganish va o‘zlashtirish darajasi kabi o‘tkir savollar tahlil qilindi.

Bunda, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, “El yurt umidi” fondi, Yoshlar ishlari agentligi mutassadilarining amalga oshirilgan ishlari yuzasidan axborotlari tinglandi.

  • Ko'rildi
    123
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+