Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish tizimi tahlil qilindi

01.12.2023, 14:22

Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish tizimi tahlil qilindi

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi ishchi guruhi O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tasarrufidagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida bo‘ldi.

Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 3 avgustdagi 490-son qarori asosida Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur qaror ijrosi bo‘yicha Toshkent shahridagi markaz o‘rganildi.

Markazda voyaga yetmagan bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, jumladan psixolog xonasi, qum xona, oshxona, bolalar yashash joyi, o‘yingohlar, yozgi va qishki sport majmualari faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Ma’lumot uchun Markaz tomonidan 48 soat ichida qarovsiz bolaning shaxsi aniqlanadi, uning o‘qishi va xulq-atvorini, oilasidagi muhitni hamda qarovsiz qolishiga sabab bo‘lgan omillar to‘liq o‘rganiladi, bolaning ijtimoiy-huquqiy holatiga baho berish natijasiga ko‘ra ijobiy xulosaga kelinsa, bola ota-onasi (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslar)ga topshiriladi.

  • Ko'rildi
    169
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+