Deputat ko‘magida uzunlik 73 yoshli Jamila momo boshpanali bo‘ldi

12.12.2023, 15:41

Deputat ko‘magida uzunlik 73 yoshli Jamila momo boshpanali bo‘ldi

Uzun tumani "Chaqar" mahallasida yashovchi 73 yoshli Jamila momo  Qurbonova bir necha yildan beri uysiz-joysiz sarson-sargardonlikda umr kechirardi. So‘ngi 2 yil davomida "Yoshlik" mahallasida bir xonalik qarovsiz uyda yashab yurdi. Shukrki, sahovatpesha insonlarning ko‘magi bilan Jamila ayaning sargardonligiga chek qo‘yildi. O’zLiDeP Uzun tumani Kengashi deputati Habibullo Bozorov hamda  partiyamiz faoli tadbirkor Ulug‘bek Boboyevlarning sa’y-harakati bilan "Qarashiq" mahallasiga qarashli yerdan 2 sotix maydonga barcha sharoitlarga ega, atroflari o‘ralgan ikki xonali uy qurib berildi.

Nihoyat yangi qurib bitkazilgan uy Jamila momoga tuman mutasaddilari ishtirokida topshirildi. Ayni qishning sovuq kunlarida boshpanali bo‘lgan Jamila momo tashabbuskorlarga o‘z minnatdorchiligini bildirar ekan, ularni chin yurakdan duo qildi.

Yaxshilarning ko‘magi har doim ko‘ngli o‘ksik insonlarga quvonch ulashadi. Bugun oramizda shunday sahovatpeshalar borligi bizni ham quvontiradi.

Ta’kidlash joizki, deputatlarning ushbu tashabbuslari “Har bir deputat yuz ayolga ko‘makchi” loyihasi doirasida amalga oshirilyapti.

O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    76
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+