Xorazmlik yosh innovatorlar va texnologlar bilan uchrashuv tashkil qilindi

13.12.2023, 17:04

Xorazmlik yosh innovatorlar va texnologlar bilan uchrashuv tashkil qilindi

Har qanday innovatsion ishlanma ortida uzoq muddatli izlanish, mehnat yotadi. Mamlakat taraqqiyoti ham bevosita ana shu intellektual kenglikka bog‘liq.

Shu bois dasturiy ta’minot va telekomunikatsiya sohasida yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan aloqa o‘rnatish, iqtidorli yoshlarni imkoniyati cheksiz bo‘lgan ushbu sohaga jalb qilish uchun qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Xorazm viloyat Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalar bilan ishlab bo‘limi tashabbusi bilan Urganch shahridagi “Data” ta’lim stansiyasida uchrashuv tashkil qilindi.

Yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish, ularning innovatsion g‘oya, ixtiro va dasturiy ishlanmalarini qo‘llab-quvvatlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilyapti. Iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotning muhim omili sanalgan innovatsion texnologiyalarga qiziqishni rag‘batlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar tufayli bugun yosh olimlar safi kengaymoqda. 

Zamonaviy axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan mazkur markazda yosh innovatorlar tengdoshlariga kelajak kasblari haqida tushintirishlar berdilar va ularga o‘zlari yaratgan innovatsiya mahsulotlari, robototexnika hamda elektronika sohalaridagi ishlari bilan tanishtirdilar.

Bu kabi tadbirlar axborot texnologiyalari tobora rivojlanib borayotgan davrda yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslari, startap va innovatsion g‘oyalar asosida loyihalar ishlab chiqayotgan, zamonaviy bilimlarga ega yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtidori hamda salohiyatini to‘g‘ri yo‘naltirishga xizmat qiladi.

  • Ko'rildi
    124
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+