Yosh siyosatchilar qaysi mavzuda bahslashdilar

14.12.2023, 17:42

Yosh siyosatchilar qaysi mavzuda bahslashdilar

O’zLiDeP “Yoshlar qanoti”ning “Yosh siyosatchilar Ligasi” loyihasi tom ma’noda yoshlarni haqiqiy siyosiy jarayonlarida shakllantiradigan yangi platforma bo‘lib ulgurdi. Liganing bu galgi soni “O’zbekistonning “Aql markaz”lari maqsadi va bugungi kundagi faoliyati” mavzusida qizg‘in bahs munozaraga sabab bo‘ldi.

Davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, uni amalga oshirish uchun strategiyalar ishlab chiqishda mustaqil baholovchi tadqiqot institutlarining roli alohida ahamiyatga ega. Ayniqsa, demokratik taraqqiyot yo‘lidan borayotgan mamlakatlarda davlat siyosatini oshkora keng jamoatchilik fikrini hisobga olgan holda amalga oshirish eng muhim omillardan biri hisoblanadi.

Bugungi kunda dunyo bo‘ylab turli yo‘nalishlarda tadqiqotlar olib borib, tahliliy ma’lumotlarni ishlab chiquvchi 15 mingga yaqin aql markazlari faoliyat yuritmoqda. Jumladan, O’zbekistonda ham so‘nggi yillarda shu kabi tahliliy institutlarga, ularning davlat siyosatini amalga oshirishdagi rolini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

2023 yildagi reytingdan esa O’zbekistonning 20 ta yetakchi “aql markazlari” o‘rin oldi. Mazkur reyting O’zbekistonda faoliyat yuritayotgan tahlil markazlarining rasmiy veb-saytlari, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari, ular tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar va tahliliy maqolalari, xalqaro ilmiy nashrlarda iqtibos keltirilgan tahliliy ishlari va mustaqil ekspertlarning fikri asosida shakllantirildi.

  • Ko'rildi
    180
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+